Qiziloʻrda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qiziloʻrda

Қызылорда
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
44°51′0″N 65°31′0″E / 44.85000°N 65.51667°E / 44.85000; 65.51667 G OKoordinatalari: 44°51′0″N 65°31′0″E / 44.85000°N 65.51667°E / 44.85000; 65.51667 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Qizilo'rda Viloyati
Hukumat
 • Akim Jayimbetov Marxabat
Asos solingan 1820
Avvalgi nomlari Oq mechit, Perovsk
Maydon 240 km2 (93 mi²)
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2012)
200 900
Milliy tarkib Qozoqlar - 90%
Ruslar - 5%
Koreyslar - 3,0%
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7242
Pochta indeks(lar)i 120000
Avtomobil kodi X
Qiziloʻrda xaritada
Qiziloʻrda
Qiziloʻrda

Qiziloʻrda (qozoqcha: Қызылорда) (1853-yilgacha Oqmachit, 1925-yilgacha Perovsk) — Qozogʻiston Respublikasidagi shahar, Qizil-oʻrda viloyati markazi. Sirdaryoning oʻng sohilida. Transport yoʻli stansiyayei. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Q. 1820-yillar-da Oqmachit nomi bilan Qoʻqon xonli-gining qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1853-yil iyulida Oqmachitni general V.A.Perovskiy boshchiligida rus qoʻshinlari bosib oldi va u Perov-skiy forti deb ataldi, keyinchalik Perovsk. deb nomlangan. 1917-yil gacha kichik maʼmuriy savdo markazi. 1926-yildan 1929-yilgacha Qozogʻiston poytax-ti boʻlgan. Muhim korxonalari: sel-lyuloza-karton, qurilish materiallari, uysozlik kombinatlari, poyabzal, tikuvchilik va trikotaj fabrikalari; oziq-ovqat sanoati korxonalari, ped. instituti, drama teatri, tarixiy-oʻlka-shunoslik muzeyi bor. Q.dan jan.-roqda sholipoyalarni sugʻorish maq-sadida Sirdaryoga toʻgʻon qurilgan. Sha-har atrofida yirik sholikor xoʻja-liklar joylashgan.

Qiziloʻda — shahar, Qiziloʻrda viloyatining markazi (1938-yildan buyon). Sirdaryo daryosining oʻng yoqasida joylashgan. Aholisi 201-ming kishi (2012). Shahar dengiz sathidan 126–130 m balandlikda joylashgan. Hududi 3683 ga. Shaharning 17,0 ga hududi temir yoʻllariga, 165 ga hududi avtomabil yoʻllariga, 19 ga hududi shahar bogʻlari va oromgohlarga tegishli.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizloʻrda shaharining tashkil topish tarixi qadimgi asosini yoʻqotmqy, faqat nomi bir necha marta oʻzgargani bilan (Oq mechit — 1818-yili, Perovsk — 1853-yili, qaytadan Oq mechit — 1922-yili, Qiziloʻrda — 1925-yili), har doim Sirqaryo yoqasining madaniy markazi boʻlib tashkil topdi.

Oq mechit 1818-yili Qo'qon xonligi davrida Sirdaryo qirgʻogʻida ilk bor tashkil topgan. Shahar ichkarsidagi oq gʻishtdan barpo etilgan mechitning rangiga atab Oq mechit deb atadi.

1853-yilga 28-iyulga Orenburg general-gubernatori V.A Perovskiy Sir qozoqlarini himolashni bahona qilib rus harbiylari bilan qal’ala bostirib kirib, qoʻqonliklarni qal’adan quvib chiqadi. Shahar nomi Perovsk boʻlib, 1867-yili u Sirdaryo uezining markaziga aylantiriladi.

1922—1925-yillari shahr nomi qaytadan Oq mechit boʻlib, 1925—1929-yillarda Qozogʻistonning poytaxti boʻladi. 1925-yili shaharga Qiziloʻrda nomi berildi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar aholisining koʻpchiligini qozoqlarlar tashkil qiladi. Qadimda bu shahar Qoʻqon xonligining tarkibida edi, shu vaqtda bu shahrda koʻpchilikni oʻzbeklar tashkil qilardi. Hozirgi kunda shahar aholisining milliy tarkibi: Qozoqlar — 90 %, Ruslar — 5 %, Koreyslar — 3 % qolganlarini Olmonlar, Chechenlar, Oʻzbeklar, Ukrainlar, Beloruslar, Ingushlar, Yunonlar tashkil etadi.[1]

Galeriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]