Chimkent
Shymkent qoz. Шымкент | |
---|---|
shahar | |
42°18′0″N 69°36′0″E / 42.30000°N 69.60000°EKoordinatalari: 42°18′0″N 69°36′0″E / 42.30000°N 69.60000°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Viloyat | Janubiy Qozog'iston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Satibaldi Darxan Amangeldiyevich |
Ilk eslatilishi | XII |
Avvalgi nomlari | Chimkent, Cherniyaev |
Maydon | 347 km2 |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2014) |
885 799[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 55,7 % ruslar 15,7 % oʻzbeklar 15 % ozarbayjonlar 1,86 % tatarlar 1,54 % koreyslar 1,00 % ukrainlar 0,54 % turklar 0,51 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7252[2] |
Pochta indeks(lar)i | 160000 [3] |
Avtomobil kodi | X, 13 |
Shymkent (qozoqcha: Шымкент) — Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar, viloyat markazi (1932—62 yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati, 1962—64 yillarda Janubiy Qozogʻiston oʻlkasi, 1964—92 yillarda Chimkent viloyati markazi). Togʻ oldi tekisliklarida, Bodom va Sayram (Sirdaryo havzasi) daryolari oraligʻida. Jambul, Aris, Langar temir yoʻl yoʻnalishlarining chorrahasida joylashgan. Aholisi 672 416 kishi (2013). Qozogʻiston Respublikasidagi Almati va Astanadan keyingi uchinchi shahar, shahar hokimiyati energiya va suvni isteʼmol qilishini hisobga olgan holda, shahar aholisining soni taxminan millionga yaqin deb hisoblaydi. Shuningdek, Shymkent asosiy korxonalar, savdo va marifat markazi deb ham hisoblanadi.
Tarixi[tahrir]
Shymkent 11-asrda Xitoydan Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoga oʻtgan savdo yoʻli ("Ipak yoʻli") ustida vujudga kelgan. 16 asrdan 18- asr oxirigacha Qozoq xonligining tarkibiga kirgan. 19-asr boshidan Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan, 1864-yil Rossiya bosib olgan va Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi maʼmuriy va harbiy tayanch punktiga aylantirilgan. Shaharning sust rivojlanishiga temir yoʻldan uzoqligi ham taʼsir etgan. Faqat 1915-yil Aris — Shymkent liniyasi shaharni Orenburg — Toshkent magistrali bilan bogʻladi. 1924-yilgacha Shymkent Turkiston Respublikasi tarkibida. Oʻrta Osiyoda milliy chegaralanish oʻtkazilgandan keyin Sirdaryo gubernyasining maʼmuriy markazi, soʻng okrug markazi boʻlib Qozogʻiston Muxtor SSR tarkibiga kirdi.
Aholisi[tahrir]
Shymkent shahrining aholisi 2013-yilgi statistikaga koʻra 672 416 kishini tashkil qildi. Aholisi boʻyicha Respublikada uchinchi oʻrinda (Almati va Astanadan keyin). Aholining milliy tarkibi quyidagicha: qozoqlar 55,7 %, ruslar 15,7 %, oʻzbeklar 15 % , ozarbayjonlar 1,86 % , tatarlar 1,54 % , koreyslar 1,00 %, ukrainlar 0,54 % , turklar 0,51 % , va boshqalar[4].
Iqlimi[tahrir]
Shymkent iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 22,2 | 24,5 | 30,7 | 33,0 | 37,8 | 43,0 | 44,6 | 42,2 | 39,2 | 34,4 | 30,5 | 25,4 | 42,6 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 4,1 | 6,6 | 12,9 | 19,2 | 25,1 | 30,0 | 32,7 | 32,1 | 27,2 | 18,8 | 12,1 | 6,0 | 18,9 |
Oʻrtacha harorat, °C | 0,7 | 1,6 | 7,6 | 13,6 | 19,1 | 23,7 | 26,3 | 25,3 | 19,9 | 12,3 | 6,4 | 0,9 | 13,0 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4,8 | −2,7 | 3,0 | 8,3 | 12,9 | 16,7 | 19,1 | 17,9 | 12,8 | 6,6 | 1,7 | −3,1 | 7,4 |
Mutlaq minimal, °C | −31,1 | −28,9 | −23,9 | −5 | −2,8 | 5,5 | 7,8 | 7,0 | −1,1 | −12 | −30 | −26,1 | −31,1 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 73 | 70 | 83 | 69 | 56 | 16 | 12 | 4 | 10 | 41 | 67 | 75 | 576 |
Manba: Погода и климат |
Sanoati[tahrir]
Shahar sanoati mahalliy qishloq xoʻjaligi xom ashyolari va foydali qazilmalarni qayta ishlash negizida rivojlanmoqda. Yirik korxonalari Qoratov va Jungʻariya Olatovidagi konlar asosida ishlaydigan qoʻrgʻoshin zavodi, temirchilikpress uskunalari ishlab chiqaradigan, "Fosfor" (mineral oʻgʻitlar va boshqa ishlab chiqariladi), "Shymkentshina" ishlab chiqarish birlashmalari, "Elektroapparat", neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, sement, gʻisht zavodlari va boshqalar ishlab turibdi. Yengil (paxta tozalash, qorakoʻl zdlari), oziq-ovqat (goʻsht kombinati, yogʻ ekstraksiya, sutkonserva, mevakonserva, pivo zavodlari) sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.
Sport[tahrir]
Shahardagi 100-ga yaqin sport zallar, 7 stadion, 5 suzish bosseyni, 3 sport kompleksi, engil atletik manej koʻpchilikning koʻnglidan chiqib, faoliyat yuritmoqda.
Galeriya[tahrir]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
|