Rudniy
Rudniy qoz. Рудный | |
---|---|
shahar | |
52°58′0″N 63°7′0″E / 52.96667°N 63.11667°EKoordinatalari: 52°58′0″N 63°7′0″E / 52.96667°N 63.11667°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Viloyat | Qoʻstanay viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Gʻayazov Bahtjan Temirovich |
Asos solingan | 1955 |
Qachondan beri shahar | 1957 |
Maydon | 176,3 [1] km2 |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi (2013) |
128,239[2] |
Milliy tarkib |
ruslar 58,34 % qozoqlar 20,74 % ukrainlar 10,13 % olmonlar 2,82 % tatarlar 2,67 % beloruslar 2,02 %[3][4] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71431[5] |
Pochta indeks(lar)i | 111500[6] |
Avtomobil kodi | P, 10 |
Rudniy —(qozoqcha: Рудный) Qozogʻiston Respublikasi Qoʻstanay viloyatidagi shahar. Tobol daryosi (Ob havzasi) chap sohilida. Temir yoʻl stansiyasi (Jelezorudnaya). Qoʻstanaydan 50 km janubi-gʻarbda joylashgan. Aholisi 127,552 kishi (2012). 1957-yilda temir ruda koni ishga tushirilishi va SokolovskSarbaysk kon boyitish kombinatining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Kimyo tolasi zavodi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, industrial instituti bor.[7]
Tarixi[tahrir]
1949-yili 18-fevralda Oltoy geologiya ekspeditsiyasining uchuvchisi M.G.Surgutanov „Saribay“ jarligining ustidan uchib borayotib, birdaniga kompas tili janubni koʻrsatganini koʻradi. Uch oydan keyin Surgutanovning kompasning koʻrsatgan joyiga geologlar va geograflar keladi. Ular Saribay hududida yirik kon oʻrni borligini aniqlaydi. 1949-yili bahorda V.P.Novikov Sokolov temir koni foydali qazilmalarini ochadi.
1954-yili yozda hukumat kombinat qurulishini boshlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Shu vaqtda shahar qurulishi ham boshlandi. 1955-yilgi mayda ilk bor qurulishchilar keldi, ular trest boshqaruvchisi Ya.M.Gimmelmash va V.Sh.Buresh boʻldi.
Hozirgi shahar[tahrir]
Rudniy shahrining maydoni — 0,1 ming kv.m. tashkil qiladi.
Viloyat markazidan uzoqligi — 46 km.
Aholisi — 127,552 kishi (2012). Aholining milliy tarkibi quyidagi jadvalda (2010):
- ruslar — 73 024 kishi (58,34 %)
- qozoqlar — 25 956 kishi (20,74 %)
- ukrainlar — 12 681 kishi (10,13 %)
- olmonlar — 3 531 kishi (2,82 %)
- tatarlar — 3 345 kishi (2,67 %)
- beloruslar — 2 533 kishi (2,02 %)
- boshqurtlar — 750 kishi (0,60 %)
- koreyslar — 335 kishi (0,2 %)
- boshqalar — 2 709 kishi (2,16 %)
- Umumiy — 125 179 kishi (100,00 %)
Taʼlim[tahrir]
Shaharda 12 maktabgacha jamoa, 23 ta umumiy bilim beruvchimaktab, 1 qoʻshimcha, 1 kechki payt oʻqiydigan maktab, 1 maktab-internati, 1 oliy oʻquv mahkamasi, 4 kolledj, 3 ta kasb-hunar maktablari faoliyat yuritadi. Shahar maktablarining deyarli barchasi internet tarmogʻiga ulangan.
Tibbiyot[tahrir]
Shaharda 9 tibbiy xizmat koʻrsatuvchi davlat obʼekti (7 kasalxona mahkamasi, 1 shifoxona va 1 tibbiy punkti) va 4 ta hususiy (1 kasalxona va 3 ambulator-shifoxona mahkamasi) faoliyat yuritadi.[8]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Паспорт города
- ↑ Demografia_2012, archived from the original on 2012-03-17, https://web.archive.org/web/20120317010214/http://www.stat.kz/publishing/Pages/Demografia_2012.aspx, qaraldi: 2012-10-06
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, archived from the original on 2012-06-27, https://www.webcitation.org/68j77qjAC?url=http://www.stat.kz/publishing/DocLib4/2010/%D0%94%D0%B5%D0%BC%D0%BE%D0%B3%D1%80%D0%B0%D1%84%D0%B8%D1%8F/Bull_Hsany2010.rar, qaraldi: 2013-12-22
- ↑ Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Rudniy shahrining rasmiy sayti, archived from the original on 2012-01-22, https://web.archive.org/web/20120122051053/http://www.rudny.kz/kz/about/, qaraldi: 2012-10-06
Havolalar[tahrir]
|
|