Oʻrdabasi (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻrdabasi tumani
Ордабасы ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Temirlanovka
Asos solingan sanasi 1969-yil
Akim Tileubergenov Daniyar Izbasarovich
Aholi (2013) 115,856[1]
Zichligi 42,5 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 2,726 km²
Oʻrdabasi tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72530[2]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Rasmiy sayti http://www.ordabasy.gov.kz/

Oʻrdabasi tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubiy qismida joylashgan. 1969-yili tashkil topgan. 1993-yilgacha Boʻgen tumani deb nomlanib keldi. Maydoni — 2,726 km². Aholisi 115,856 ming kishi. Tuman markazi — Temirlanovka qishlogʻi. Ordabasi tumanining hududi dala-dashtdan iborat.

Aholisi[tahrir]

Tuma aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 115,856 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km2 42,5 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi.

Katta qishloqlari[tahrir]

  • Temіrlan
  • Toʻrtkoʻl
  • Sipataev
  • Badam
  • Boʻgen
  • Qaynar
  • Qaraaspan
  • Shubar
  • Qaraqum

Iqlimi[tahrir]

Tuman iqlimi keskin kontinental. Qishi qisqa, yozi fasli esa uzoq davom etadi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-5 °C, Iyulda 26-28 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200-380 millimetr.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Tumanda 66 ta maktab faoliyat yuritadi, uning 37 oʻrta, 12 asosiy, 17 boshlangʻich maktablar. Oʻquvchilar soni — 22212.

  • Tibbiyot sohasida: 1 tuman markaziy kasalxonasi, 1 silga qarshi dispanser, 2 qishloq kasalxonasi, 1 BMSK Qaraspan, 8 shifokorlik punkt, 42 MB faoliyat yuritadi.
  • Madaniyat sohasida: 1 madaniyat uyi va 1 markaziy kutubxona, bolalar kutubxonasi, 4 qishloq madaniyat va 8 qishloq klubi, 31 qishloq kutubxonalari aholiga hizmat qilmoqda.

Tumanda 21 sport zal faoliyat yuritmoqda. D.Qoʻnaev nomidagi dam olish lageridagi suzish basseyni va standartga mos 1500 — kishilik stadioni bor[3].

Manbalar[tahrir]