Kontent qismiga oʻtish

Toshkent tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyidagi Toshkent tarixi maqolasi orqali davrlashtirilgan Toshkent tarixi yoritilgan.

Qadimgi Toshkent

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geografik jihatdan juda qulay, iqlimi moʻtadil boʻlgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq oʻtmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarnint guvohlik berishicha, miloddan avvvalgi Ikkinchi ming yillikning oxiri va birinchi ming yillikning boshlarida koʻchmanchi chorvador aholining oʻtroqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan.

Hali sugʻorma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati boʻlmagan Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bogʻlab olishga qurbilari kelmagan boʻlsada, lekin, daryo toshqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil boʻlgan irmoqlar boʻyida, tabiiy zaxob yerlarda dehqonchilik qilganlar.

Hozirgi Toshkentning Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻidan sugʻoriladigan janubiy qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km janubida Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufayli tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʻlgan.

Milloddan avvvalgi 6—4 asrlarda Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. 198082 yillarda olib borilgan qazish ishlari uning mil. av. 6—4-asrlar va 2—1-asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Joʻn arigʻiga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan oʻralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan.

Shoshtepaning qadimgi aholisi chorvachilik (qoramolchilik, yilqichilik, qoʻychilik hamda tuyachilik) bilan shugʻullangan. Qadimgi shoshtepaliklar jez va temirdan qurol-yarogʻ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda toʻqimachilikni yaxshi bilgan. Shubhasiz, bu qishloqlarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar madaniyati shaqllanib, qadimgi Toshkentning asta-sekin qad koʻtarishiga zamin boʻldi.

Mil. av. 2—1-asrlarda Shoshtepada qadimgi shahar belgilari paydo boʻddi. Qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼa (qoʻrgʻon) qad koʻtardi. Mil. 1—2-asrlarda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) qadimgi Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 smli bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi oʻchirgich tomoni esa qiyshiq koʻp burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi.

Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli meʼmoriy majmuoti, hunarmandchilik buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod boʻsagʻasida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini koʻrsatadi. Shoshtepani oʻrganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi huddi shu davrdan boshlangan, yaʼni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb baholashga imkon berdi.

Milodning 1-asriga kelib Chirchiq, Salor, Qorasuv boʻylaridagi vohaning qariyb yarmidan koʻprogʻi oʻzlashtirilib obod etilgan. Salor yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama yetakchi mavqega ega boʻlib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol oʻynagan. Bu shahar 6—8 asrlarda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk xoqonligi tarkibiga kirishi, uning Qoramozor togʻlaridagi konlar yaqinida joylashganligi, hunarmandchilik mahsulotlariga doimo muhtoj dasht koʻchmanchilarining yondoshligi, shuningdek, asosiy karvon yoʻllari, xususan, Buyuk ipak yoʻli vohaning shimoliy hududlaridan oʻtishi uni tezda Choch davlatining poytaxti boʻlib qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan oʻrab olinib, maxsus saroyqalʼa qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish qurollari va uyroʻzgʻor buyumlari bu yerda yuksak madaniyat boʻlganidan dalolat beradi. Manbalarga koʻra, shahar, ichida saroy, ibodatxona boʻlgan ark, amaldorlarning uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari oʻrnashgan ichki va tashqi rabodlardan iborat boʻlgan.

Shahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qishloqlari, ilk zamindorlik dehqonlarining qoʻrgʻon va bogʻ-rogʻlari, istehkomlari paydo boʻlgan. Ekinzor yerlar va bogʻlar chekkasida — koʻchmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Arab manbalarida bu shahar Chochning poytaxti — „Madinat ash Shosh“ (Shosh shahri) deb atalgan.

Choch poytaxti hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yarogʻ-aslahalar, zeb-ziynat va roʻzgʻor buyumlari yasashgan, koʻnchilik bilan shugʻullanishgan, paxta va junshisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va tashqi savdoni taʼminlashgan.

Shahar qizgʻin savdo markazi ham boʻlgan. Gʻarbda Vizantiyadan tortib, sharqsa Xitoygacha boʻlgan davlatlarning Toshkent hududidan topilgan tangalari shundan dalolat beradi. Choch hokimi ham oʻz tangalarini zarb qildirgan. IV—VII asrlarda Chochda kumush tangalar chiqaradigan zarbxona boʻlgan.

Qadimgi Choch hukmdorlari old tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tamgʻa tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning huddi shu davrda zarb etilgan baʼzi tangalari orasida hukmdor bilan yonma-yon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk oʻrta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega boʻlganini koʻrsatadi. Ular „Shoʻrxon xotun“ va „Kabachxotun“ (uy malikasi) kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlanib, shahar tashqarisida joylashgan soʻlim qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yashagan joy „Achabat“ (Katta ona qoʻnogʻi) deb yuritilgan. Savdosotiq va hunarmandchilik bilan birga madaniyat ham yuksalgan. Manbalarga koʻra, tasviriy sanʼat va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan.

Arab istilochilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab qoʻshinlari Chochga ilk bor 713-yilda bostirib kelishgan. Tabariyning yozishicha, Chochni zabt etish uchun arablar 20 ming kishilik qoʻshin tortgan. Shahar aholisi arablarga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatgan. Pekin, arablar koʻp oʻtmay Chochni bosib olganlar va talon-toroj qilib katga oʻlja bilan qaytganlar. Arab istilochilari tomonidan vayron etilgan shahar oʻzini oʻnglay olmadi. Faqat 9-asrga kelib, avvalgi oʻrnidan 4– 5 km shimoli-gʻarbroqda, Boʻzsuv kanalidan chiqarilgan Kaykovus (Kolkohdiz) arigʻi yonida yangitdan vujudga kedli va yana Chochning poytaxtiga aylanib, jadal taraqqiy eta boshladi. Bu yangi shahar arab manbalarida Binkat (uzoqdan koʻrinib turuvchi yoki quyi shahar) deb tilga olinadi. Bu nom 9— 10-asrlarda zarb etilgan kumush va chaqa tangalarda Shosh va Madinat ash Shosh nomlari bilan bir qatorda uchraydi. Bu shaharda ham hunarmandchilik va savdo-sotiq tez rivoj topdi. Arablar dashtlik chorvador kabilalar hujumidan hosildor yerlarni muhofaza qilish maqsadida 8-asrning 70-yillarida Chirchiq vohasining shimoli-gʻarbiy chegaralari boʻylab Soyliq qishlogʻi yonidagi togʻlardan to Sirdaryogacha devor qurdirganlar. Uning xarobalari Kampir devor nomida saqlanib qolgan.

Shosh Somoniylar davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

9—10-asrlarda Shosh Somoniylarga tobe boʻlgan. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, Binkat shahrining keyingi asrlardagi oʻrni Shosh Toshkentning toʻrt dahasida, asosan, uchtasi — Sebzor, Koʻkcha, Beshyogʻoch hududida joylashgan boʻlib, u alohida qalin devorlar bilan oʻrab olingan 4 qism: ark (oʻrda), shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan iborat boʻlgan va bir necha qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Shu davrdagi ark (maydoni 3 ga) va shahriston (maydoni 15 gektarcha) shahar markazida hozirgi Shayxontohur tumani hududidagi Eski joʻva bozori va undan sharqdagi katta tepalikda joylashgan. Qalʼada hukmdor saroyi va zindon boʻlgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor boʻlgan, u „Joʻba“ deb yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari koʻchalar orqali bogʻlangan. Bir va ikki qavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oraligʻi 4 km boʻlgan. Shaharda kulolchilik, oʻqyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish. rivojlangan.

Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlati tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

10-asr oxiri — 12-asr oʻrtalarida Choch Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirdi. 1214—15 yillarda Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylar qoʻshini hamda naymanlar xoni Kuchluq bilan jang qilib, Shosh viloyatini ulardan tortib odli va viloyat dushmanlar qoʻliga oʻtmasligi uchun Shosh markazi aholisini koʻchirtirib yubordi. Shu bois moʻgʻullar 1220-yilda shaharni qarshiliksiz qoʻlga kiritgan boʻlishi mumkin. Juvayniyning moʻgʻullar bosqini haqidagi xabarida Toshkent shahri tilga olinmagan. 13—14-asrning 1-yarmida Toshkent viloyati Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻldi.

Toshkent Temuriylar davlati tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

14-asrning 2-yarmi — 15-asrning 80-yillarigacha Toshkent Amir Temur va Temuriylar tarkibida boʻldi. 1404-yilda Ulugʻbek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qalʼaga aylandi, uning hududi kengaydi, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar, Jome masjidi va boshqalar qurildi. Arxeologik topilmalar, meʼmoriy obidalar mahalliy anʼanalarning qoʻshni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan uygʻunlashib ketganligini koʻrsatadi. Temuriylar oʻrtasida boshlangan taxt uchun kurash natijasida Toshkent 1485-yilda Moʻgʻuliston xoni Yunusxon ixtiyoriga oʻtdi va uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u koʻp hukmronlik qilmay, 1487-yilda Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning oʻgʻli Sulton Maxmudxon oʻtirdi. Uning hukmronligi ham koʻpga bormadi.

Toshkent Shayboniylar davlati tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Baroqxon madrasasi, Shayboniylar davri,XVI asr

Toshkent 1503-yilda Shayboniyxon va Koʻchkunchixon tasarrufiga oʻtdi. 16-asrda Toshkent yana obodonlashib, Turkistonning hunarmandlik, savdo-sotiq va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Shahar yangi devor bilan oʻraldi. Meʼmorlik obidalari qad koʻtardi, ularning ayrimlari (Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi) bizning davrimizgacha yetib kelgan. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdo-sotiq aloqalarining kengayishiga olib keldi. 16-asrning 2-yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining Rus davlatiga boʻysundirilishi natijasida Rus davlati bilan Toshkent shahri oʻrtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga savdo elchilarini yuboradigan buldilar. 1598-yilda Toshkent qozoq xoni Tavakkalning hujumiga bardosh bera olmay Qozoq xonliginig tarkibiga kiradi. Shu yili Abdullahon II Tavakkal xoniga qarshi chiqish tayyorgaligida tasodifan vafot etadi. Tez orada uning oʻgʻli Abdul-Moʻmin vafot etishi bilan Shayboniylar avlodining soʻngi hukmdorligi yaqinlashib qoladi. Qozoq xonligining Ishimxoni Buxoroning Pirmuhammad II bilan kelishuv shartnomasiga binoan Toshkent va Fargʻona shaharlari Qozoq xonliginig tarkibiga kiradi. 1630-yili Toshkent shahri Qozoq xonligining poytaxti deb eʼlon qilinadi[1]. 1743-yildan to 1749-yilgacha Toshkentni qozoq xalqi orasidagi obroʻli Toʻla biy boshqargan.[2]

Toshkent Buxoro xonligi tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxorodagi Ashtarxoniylardan Imomqulixon qozoqlar jungʻor xonligi bilan ovora boʻlgan paytda Toshkentni qisqa vaqtga bosib oladi[3]. 1611-yilda oʻgʻli Iskandarni Toshkentga noib qilib tayinladi. Biroq shahar aholisi isyon koʻtarib, qochib ketayotgan Iskandarni tutib oʻldirdi. Bundan gʻazablangan Imomqulixon Toshkent aholisidan shafqatsiz oʻch olib, ularni qirgʻin (qatliom) qildi. Jungʻor lashkarlarini yengip Qozoq Ishimxoni yanada Toshkentni bosib oladi. Qozoq xonligi va Buxoro xonligi orasida 20 yillik urush (1603—1624-yillar) natijasida Toshkent Buxoro xonligi tarkibidan chiqib ketadi. 1627-yili Toshkent shahrining tahtiga Tursun Muhammad sulton (keyinchalik qozoq xoni) hukmdorlikka keladi[3] va qisqa vaqtga qozoq xonligidan mustaqil davlat Toshkent xonligini eʼlon qiladi[4]. Yunusxoʻja vafotidan keyin Qoʻqon xoni Olimxon qoʻshinlari yurish qilib, 1809-yilda Toshkentni va unga qarashli Chimkent, Sayram, Qorabuloq va boshqa hududlarni Qoʻqon xonligiga boʻysundiradi.

Toshkent Jungʻarlar tarkibida (17231758)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1723-yilda Toshkent Jungʻar xoni Galdan-Siren qoʻliga oʻtdi. Bu davrda Toshkent aholisi tokchilik, bogʻdorchilik hamda poliz ekinlari, bugʻdoy, tariq, arpa, suli, zigʻir, kunjut yetishtirish bilan shugʻullanardi. Shahar rastalarida ipak mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar koʻp boʻlgan. Rus savdogarlari Toshkentga movut, qunduz terisi va turli boʻyoqlar keltirishgan. Toshkent bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarqand, Koʻlob, Shahrisabzva boshqa shaharlar oʻrtasida savdo-sotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda ham hali yaxshi taraqqiy qilmagan edi. Toshkent aholisiga don va qoramol bilan toʻlanadigan maxsus soliq (hosilning 1/101/5 ulushi) solingan. Toshkent Jungʻariya xonligi barham topgandan keyin (1758) Katta Oʻrda va qalmoqlarning hujumlari natijasida koʻp zarar koʻrdi. 18-asr oʻrtalarida garchi shahar qoʻldan qoʻlga oʻtib turgan boʻlsada, Toshkent 4 daha (qism)ga — Shapxonshohur, Sebzor (Qaffoli Shoshiy), Koʻkcha (Shayx Zayniddin), Beshyogʻoch (Zangiota) dahalariga boʻlinib, ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Toshkent tarixida bu davr Chorhokimlik deb atalgan.

Toshkent davlati (1784—1809)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1799-yilda Qoʻqon qoʻshinlari Toshkentni qamal qildi, ammo toshkentliklarning kuchli zarbasiga uchrab orqaga qaytdi. Toshkent davlati tashqi kuchlar, ayniqsa, Qoʻqon xonlari tazyiqida boʻlsada, 20 yildan ziyod umr koʻrdi. Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida boʻlib, uning maʼmuriyatini „voliy viloyat“ lavozimi bilan Yunusxoʻja boshqardi. Keyinroq Yunusxoʻja „Xazrati Eshon“ unvonini olib, ayni paytda „xon“ deb ham yuritildi. Yunusxoʻja huzurida tuzilgan „xon kengashi“ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va boshqalar kiritilgan. Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oshirganlar. Oʻta jiddiy masalalar: oʻgʻirlik, qotillik va boshqalarni Yunusxoʻjaning oʻzi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan. Qotillarga esa oʻlim jazosi qoʻllangan.

Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxoʻjaning oʻzi olib borgan. Anhorning oʻng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor oʻralgan Oʻrda, yaʼni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan tashqari zarbxona joylashgan. Oʻrdani qoʻriqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus harbiy qism („qoraqozon“) tashkil etilgan.

Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning maʼlumotiga koʻra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamtoʻra, parvonachi lavozimiga Odiltoʻra, bosh harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtoʻra, qoʻshin boshligʻi lavozimiga Boboxontoʻralar tayinlangan. Davlatning moliya ishlari bilan boshchixoʻja shugʻullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat qilgan.

Yunusxon shimolda Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq xududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar toʻplab berish majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram shaharlari, keyinchalik Turkiston shahri ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Kirrabuloq, Sarapon, Temir mavzelari va boshqa oʻnlab qishloqlar Toshkentga tobe boʻlgan.

1800-yilda Toshkent davlatining chegarasi janubiy va gʻarbdan Sirdaryo boʻylab, shimoldan Turkiston va Qoratogʻ yon bagʻirlari orqali oʻtgan. Sharqda Sayram tizmasi va Ugom daryosining oʻng sohili, janubiy sharqda Chatqol Qurama togʻ tizmalarini yoqalab Sangir qishlogʻigacha choʻzilgan. Uning shimoliy va gʻarbiy hududlarida, asosan, chorvador koʻchmanchi aholi yashagan. 1797-yil maʼlumotlariga qaraganda, barcha soliq va majburiyatlardan ozod, yer va suv bilan taʼminlangan 2 ming doimiy qoraqozondan tashqari Yunusxon ixtiyorida 50—70 ming atrofida lashkar boʻlgan. Maxsus guruxlardan tuzilgan qoraqozon va lashkar navkarlari piltali miltiq, oʻqyoy, qilich va qalqon bilan qurollangan. Yunusxon qoʻshinida 20 ga yaqin toʻp boʻlgan. Oʻqlar asosan, Toshkentning oʻzida Oʻqchi mahallasida quyilgan.

Toshkentning ikki ming yillik tarixi davomida oʻrni almashdi, hududi ham kengayib bordi va undagi aholi joylashuvi kichik maʼmuriy qismlar — mahallalar shaklini olgan. Mahallalar, odatda, kattakichik koʻchalar, ariq yoki jarlik kabi tabiiy toʻsiqlar orqali chegaralangan hamda jamoa boʻlib yashash zaruriyati yoki kasbkori, ijtimoiy holati, etnik tarkibi kabi belgilari asosida shakllangan.

Qad. va oʻrta asr Toshkent mahallalari haqida yozma maʼlumot juda oz. Toshkent hududida 9-asrdagi shahar — Binkat (11-asrdan Toshkent)ning keyingi asrlarda kengayib borishi bilan unda mahallalar soni ham koʻpayib borgan va bulardan baʼzilarining nomlari yozma manbalarda uchraydi.

18-asrga kelib Toshkent maʼmuriy hududiy jixatdan 4 qism — dahalariga boʻlingan. Dahalar oʻz navbatida bir qancha mahalla va guzarlardan tashkil topgan; dahalarda mahallalar soni va ularning kattakichikligi turlicha boʻlgan. Baʼzi yirik mahallalar bir nom bilan atalsa ham uning keyinroq paydo boʻlgan qismlari tartib raqami bilan (mas., 1, 2, 3, 4Eshonguzar) yoki hududiga qarab atalgan (mas., Katta Kamolon va Kichik Kamolon). Aholi soni oʻsgan sayin mahallalar kengaygan yoki yangilari paydo boʻlgan. Mahalla maʼmuriy holati jihatdan oʻz ichki tartibqoidalariga ega jamoa tashkiloti sanalgan va uni mahalla aholisi tomonidan saylangan boshliq (oqsoqol) boshqargan, 20-asr boshlariga kelib ular yuzboshi mavqeida koʻrilgan. Oqsoqollarga mahallaning jamoat ishlari, marosimlari, yigʻinlarini boshqarish hamda manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan.

Quqon xonligi tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-asrning 2-yarmiga oid yozma manbalarda Toshkent mahallalari haqida statistik maʼlumotlar mavjud. Ularda qayd etilishicha, bir mahallada 50 tadan 150 tagacha xonadon boʻlgan. 1910-yil Toshkentda 146 ming aholi yashagan, xonadonlar soni 21 mingga yetgan. Shahar markazidagi mahallalar chekkalaridagiga nisbatan qad. boʻlib, aholi ham zich yashagan. Baʼzi mahallalarning nomlari oʻsha joyda rivojlangan kasbhunarni anglatgan (Pichoqchilik, Degrez, Etikdoʻz); boshqalari etnik atamalar (Oʻzbekmahalla, Moʻgʻulkoʻcha) yoki joyning relyefi (Sassiqhovuz, Chuqurkoʻprik, Balandmasjid va hokazo) orqali ifodalangan.

Mahallalarning masjidi va choyxonasi uning gavjumroq yerida joylashgan, aholining turli maʼrakalari uchun zarur umumiy mulki saqlangan. Bir nechta mahallaga bir umumiy markaz — guzar, unda masjid, hunarmandchilik ustaxonalari, choyxona, nonvoyxona, doʻkonlar hamda bozorcha xizmat koʻrsatgan. Guzarlar, odatda, katta koʻchalar yoki chorrahalarda joylashgan.

Shayxhovandtohur masjidi 1870-yillar

Toshkent mahallalari haqida aniqroq yozma maʼlumotlar dahalardagi qozilik daftarlarida, 19-asrning 2yarmida esa ruscha nashrlarda qayd etilgan. Shunga koʻra, 1865 i. Toshkentda 140 ta mahalla boʻlgan, aholisi 76 ming kishi. Turkiston oʻlkasi statistikasi yilnomasida (1876) Toshkentda 149 ta mahalla (Shayxontohur dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Koʻkcha dahasida 31 ta, Beshyogʻoch dahasida 32 ta) boʻlgani taʼkidlangan. N. G. Mallitskiy 1927-yil nashr etgan roʻyxatda esa Toshkentda 280 ta mahalla va shahar aholisiga tegishli 171 ta mavze nomi bor (qarang plansxema). Mavzelar, odatda, shaharliklarning shahar tashqarisida joylashgan ekinzorlari va bogʻlaridan iborat boʻlgan; shoʻrolar davrida mavzelar davlat tomonidan musodara qilinib jamoa xoʻjaligiga aylantirilgan.

Qadimiy Koʻkaldosh madrasasi tashqi koʻrinishi
Qadimiy Koʻkaldosh madrasasi ichki koʻrinishi

Toshkentning eng gavjum qismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski joʻva, Chorsu va Koʻkaldosh madrasasi oraligʻida Registon, Chorsu va Kappon (gʻalla) bozorlari joylashgan. Registon bozorida xonliklarda ishlab chiqarilgan mollar bilan bir qatorda Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Koshgʻar, Xitoy va Rossiyadan keltirilgan mollar ham sotilgan. Toshkent dan savdo karvonlari dasht orqali Sibir shaharlari, Koshgʻar, Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston va Eron tomon qatnagan. Toshkent davlati tashqi va ichki savdoni rivojlantirish maqsadida old tomonida „Muhammad Yunusxoʻja Umariy“ deb yozilgan, sirtiga lochin yoki yoʻlbars tasvirlari tushirilgan oʻz tangalarini zarb etib, mustaqil ichki va tashki siyosat yuritgan. Yunusxoʻja, ayniqsa, Rossiya bilan muttasil savdo aloqalari olib borish va uni kengaytirishga intilgan. 1792-yil Yunusxoʻja rus podshosiga xat yuborib unga Katta juz biylari bilan ittifoq tuzganligini, Toshkentdan Rossiyaga eltadigan karvon yoʻllaridagi talonchiliklar tuxgatilganligani xabar qiladi. 1802-yilning kuzida Yunusxoʻja vaziri aʼzam Mullajon Oxund Mahzum bilan Ashurali Bahodir mingboshini SanktPeterburgga elchi kilib yuboradi. Elchilikdan maqsad, faqat savdo aloqalarini kengaytirishgina emas, balki Rossiyadan qurolyarogʻ, choʻyan va mis rudalarini sotib olib, oʻz harbiy kuchini mustahkamlash hamda Rossiyadan tup kuyuvchi usta va konchilarni Toshkentga taklif etib, bu yerda toʻpchilik hunarmandchiligini rivojlantirish va konlarni ishga solish ham koʻzda tutilgan edi. 1803-yil mart oyida Toshkent elchilari imperator Aleksandr I va davlat kansleri hamda tashki ishlar vaziri graf A. Voronsov qabulida boʻddilar. Toshkentning qalʼa devori 19-asr boshlarida Yunusxon farmoni bilan daqalar mahallalarining barcha erkaklari ommaviy xasharga jalb qilinib taʼmirlandi. Lashkar Qushbegi davrida shahar atrofi boʻylab Qoʻymas, Qoʻqon, Qashqar, Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sagʻbon, Chigatoy, Koʻkcha, Samarqand, Kamolon va Beshyogʻoch kabi 12 darvoza bor edi. Muhammad Solihning yozishicha, devor boʻylab har ming qadamda bittadan „bord“ (moʻla), har 4 ming qadamda esa bittadan burj (minora)lar qurilgan. Shaharning sharqiy darvozasidan to gʻarbiy darvozasigacha 8500 qadam, shimoliy dan jan.ga esa 8100 qadam masofa hisoblangan. Har bir darvozadan shahar markazi — Registon bozoriga eltuvchi koʻchalar va ulardan esa koʻplab tor koʻchalar shoxlab ketgan.

Yunusxoʻja vafot etgach (1803), uning oʻgʻli Sultonxoʻja Toshkent hokimi boʻldi. Yunusxoʻjaning oʻlimidan foydalangan Qoʻqon xoni Olimxon oʻz ukasi Umarxon qoʻmondonligida qoʻshin tortib, Toshkentni egalladi va unga Sultonxoʻjaning ukasi Hamidxoʻjani hokim qilib tayinladi. Hamidxoʻja Qoʻqonga boʻysunmay qoʻydi. Natijada Olimxon shaxsan oʻzi qoʻshin tortib, Toshkentni Qoʻqon xonligiga uzilkesil qoʻshib oldi. Shundan boshlab, Toshkentga noib sifatida faqat Qoʻqon xoni tomonidan beklarbegi tayinlanadigan boʻddi. Bu davrda shaharning hududi 16 km2ni, aholisi 80 ming (baʼzi manbalarda 100 ming) kishini tashkil etardi. Shaharda hunarmandchilik, toʻqimachilik, yogʻoch oʻymakorligi, degrezlik, temirchilik, koʻnchilik, kosibchilik, kulolchilik va b. rivojlangan. Koʻplab nonvoyxonalar, choyxonalar, doʻkonlar boʻlgan. Shahar hunarmandchiligining deyarli barcha sohalari mahalliy xom ashyo hisobiga ishlardi. Koʻpchilik mahalla aholisi qishda biror kasbhunar bilan shugʻullanib, yozda shahar tashqarisidagi yer (mavze)larida dehqonchilik va bogʻdorchilik qilgan.

19-asr oʻrtalarida Rossiya podsho hukumati yirik strategik mavqega ega boʻlgan Toshkentni bosib olish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu vaqtda Toshkent va Toshkent viloyati Qoʻqon xonligi tarkibida edi. 1864-yil 1-oktabrda M. G. Chernyayev boshchiligidagi rus qoʻshinlari Chimkent yoʻlidan kelib Oqqoʻrgʻon tepaligiga oʻrnashdilar va shaharni qamal qilib toʻplardan oʻqqa tutdilar. Toshkentliklar shaharni qattiq turib himoya qildilar. Qoʻqondan xonlik lashkarboshisi Mulla Alimqul mingboshi koʻp ming kishilik qoʻshin bilan Toshkentga yetib kelgach, Chernyayev qoʻshinlari bilan Chimkentga chekinishga majbur boʻldi. Birok 1865-yil 27-aprelda Chernyayev qariyb 2000 kishilik qoʻshin bilan yana Toshkent tomon yoʻlga chiqib, Chirchiqdaryosi boʻyidagi Niyozbek qalʼasini egallaydi va shaharni suvsiz qoldirish maqsadida Kaykovus arigʻi (Boʻzsuv kanali) suv oladigan toʻgʻonni buzdirib tashlaydi. Lashkarboshi Alimqul ham oʻz qoʻshinlari bilan Qoʻqondan Toshkentga yetib keladi. Sulton Saidxon, Alimqul va toshkentlik akobirulamolar boshchiligida shaharni himoya qilishga katta tayyorgarlik koʻriladi. Chernyayev 7-mayda qoʻshinlari bilan Toshkentga yaqinlashadi. Dushman qoʻshinlari Salor arigʻini kechib oʻtib, TarxonSayyod (hoz. Darxonota) arigʻining oʻng sohili (hoz. Pushkin koʻchasi)da muqobil turgan Toshkent himoyachilariga qarata toʻpdan oʻt ochadilar (qarang Darxon jangi). 9-may kuni shaharning shimoli-sharqidagi Shoʻrtepada Toshkent himoyachilari bilan rus bosqinchilari oʻrtasida yana qattiq jang boʻladi. Jangda Alimqul ogʻir yarador boʻlgach, himoyachilar oʻrtasida parokandalik va vahima boshlanadi. Qoʻqon xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib oʻz yurtlariga joʻnab ketdilar. Toshkentda Qoʻqon xonligining 60 yillik hukmronligi barham topdi. Buxoro amirligi, Qoʻqon va Xiva xonliklari Toshkent himoyachilarining yordam soʻrab qilgan murojaatlariga rad javobini berdilar. Chernyayev fursatni boy bermaslik uchun Toshkentni qamal qildi. Shahar aholisi suvsiz qoldi, oziq-ovqat zaxirasi ham tugadi. 14-iyunda dushman askarlari shaharga bostirib kirishga muvaffaq boʻldi, ular doʻkon va uylarga oʻt qoʻydilar. Shahar mudofaasida faol qatnashgan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih „Jadidai tarixi Toshkand“ asarida yozishicha, toshkentliklar dushmanga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Bosqinchilar birinchi galda Oʻrda saroyini yondirdilar, keyin portlatdilar. Uch kun davom etgan mislsiz jangdan soʻng 42 kun suvsiz qolgan va ochlikdan tinkasi qurigan Toshkent himoyachilari 17-iyunda ertalab taslim boʻlishga majbur boʻldilar. Chernyayev shahar ayonlaridan Toshkentning 12 darvozasi ramziy oltin kalitlarini topshirishni talab qildi. Juda koʻp odam qurbon boʻldi. Chernyayev buyrugʻi bilan uylar yondirildi, egalari otib tashlandi yoki miltiq nayzasi bilan sanchib oʻldirildi. Hech kimga shafqat qilinmadi. Shunday qilib, podsho Rossiyasi qoʻshinlari maxsus otryadi bilan Toshkentni bosib olishga muvaffaq boʻldi. Toshkent va unga qarashli atrof yerlarda rus davlatining xukmronligi oʻrnatildi. Toshkent Rossiyaning keyinroq Turkiston xonliklarini bosib olishi uchun tayanch punktiga aylantirildi. Chernyayev, oʻz bosqinchiligini oqlash uchun Toshkent goʻyo ixtiyoriy ravishda Rossiya tobeligiga oʻtganligi haqida shahar ayonlari nomidan qalbaki hujjat tayyorladi. Bu hujjatni imzolashdan bosh tortgan Solhbek Oxund va yana ayonlardan 6 kishi Sibirning Tomsk sh.ga surgun qilindi. 1865-yil sentyabrda Orenburg generalgubernatori Krijanovskiy Toshkentga kelib shaharni Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtganligini eʼlon qildi. 1866-yil avgustda Rossiya imperiyasining Toshkentni Rossiya tobeligiga olinganligi haqida rasmiy farmoni eʼlon qilindi. Toshkent 1867-yilda tashkil etilgan Turkiston generalgubernatorligiitsng siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi boʻlib qoldi. Anhorning chap sohilida mustamlakachi maʼmurlar va harbiylar uchun Yangi shahar qurila boshladi. 1865-yil avgust— oktabr oylarida ruslar Toshkentning Qoʻymas darvozasi roʻparasidagi tepalikda Toshkent Tuprokqoʻrgʻoni harbiy qalʼasini barpo etishdi. Yangi shahar hududida maʼmuriy idora va mahkamalar joylashdi. Anhorning oʻng sohilidagi qad. Toshkent Eski shahar deb atala boshladi. Toshkentning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi butun Turkistonni bosib olinishini tezlashtirdi.

1865-yildagi Toshkent xaritasi (Toshkent darvozalari)

1892-yilda toshkentliklar mustamlaka zulmiga qarshi koʻzgolon koʻtardilar (qarang Toshkent qoʻzgʻoloni).

1898 yilda Toshkent ko'chalaridan biri

1899-yil Zakaspiy temir yoʻl Toshkentgacha uzaytirildi. 1906-yil esa Toshkentni Rossiya markazi bilan bogʻlovchi eng yaqin yoʻl Orenburg — Toshkent temir yoʻl qurildi. Toshkent asosiy temir yoʻl tuguni, savdo va tranzit punktiga, Turkiston oʻlkasining maʼmuriysiyosiy markaziga aylandi. Shaharda yangi sanoat korxonalari hamda savdo muassasalari vujudga keldi. Aholisi ham, asosan, yevropaliklar hisobiga tez oʻsib bordi. 1913-yilda Toshkentda 111 sanoat korxonasi, jumladan, 15 paxta tozalash zavodi, 3,5 mingdan ortiq hunarmandchilik ustaxonasi, 22 rus va chet el savdo firmalarining boʻlimlari, 186 ta kattakichik doʻkon boʻlgan. Toshkent aholisi, asosan, hunarmandchilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va savdosotiqbilan shugʻullangan. Toshkentning Yangi shahar qismida yevropaliklar qurgan sanoat va transport korxonalari (paxta tozalash, yogʻmoy, vinoaraq, gʻisht, pilla va b. korxonalar, temir yoʻl, tramvay va boshqalar)da mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi. Toshkentdagi Bosh temir yoʻl ustaxonasining 800 ishchisidan 120 tasi mahalliy millat vakili boʻlgan. Tramvay transporti va elektrenergetika korxonalarida 1000 dan ziyod ishchi ishlagan. 20-asr boshlarida Toshkentda 280 ga yaqin mahalla, 170 mavze boʻlgan.

1916-yil iyulda Toshkent mehnatkashlari oq podshoning mardikorlikka olish haqidagi farmoniga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang:Mardikorlik).

Rossiyada Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurashdilar. 1917-yil 28-oktabrda Bosh temir yoʻl ustaxonasining mahalliy millatga mansub boʻlmagan ishchilari hamda askarlar qoʻzgʻolon boshladilar. Ular temir yoʻl deposi, tovar omborlari, 1Sibir polki kazarmalarini ishgʻol qildilar. Shahar markazi qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi. 1 (14) noyabrda Tuproqqoʻrgʻon ham ishgʻol qilingach, Toshkentda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Shu tariqa Toshkentda Rossiyadan badargʻa qilingan bolsheviklar 1917-yil 1-noyabrda temir yoʻl masterovoylari yordamida toʻntarish oʻtkazib hokimiyatni egalladilar. 1918-yil 30-aprel dan Toshkent Turkiston ASSRning poytaxti deb eʼlon qilindi. 1924-yilda Oʻzbekiston poytaxti Samarqandga koʻchirildi. 1930-yildan Toshkent yana poytaxt boʻldi.

Sovet hukumati yillarida Toshkent mahallalari boshlangʻich maʼmuriy birlik shaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari koʻp tomondan cheklab qoʻyildi.

II jahon urushigacha boʻlgan davrda Toshkentda bir qancha sanoat korxonasi — tikuvchilik, tamaki, poyabzal fabikalari, toʻqimachilik kombinati, metallsozlik, mashinasozlik zavodlari va b. qurildi. Boʻzsuv, Qodiriya, Boʻrijar GESlari bunyod qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943-yilda 1940-yildagiga nisbatan 3 barobar koʻp mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin bola Toshkentga joylashtirildi. 1930—40 yillarda Toshkentda asosan, qishloq xoʻjaligi.ni texnika bilan taʼminlashga qaratilgan ogʻir sanoat tarmoklari tez surʼatlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — „Uzbekqishloqmash“, ekskavator zavodi, „Toshtekstilmash“, „Toshpaxtamash“, „Toshkentkabel“, yogʻmoy kombinati, karborund zavodi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zdlari, yirik panelli uysozlik kombinati va b. kurildi.

1966-yil 26-aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 y.)da tugatildi (qarang Toshkent zilzilasi). Shahar qiyofasi butunlay oʻzgardi. Toshkent hududi atrofga bogʻ va ekinzorlar hisobiga tez oʻsdi, koʻplab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983-yilda shaharning 2000 yillik toʻyi oʻtkazildi.

1991-yil 31-avgustda Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilindi. Hoz. Toshkent Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Oʻzbekiston Prezidentining qarorgohi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va b. jamoat tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda, Toshkent bir qancha xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan.

Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi)da aks etgan. U uzoq, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) sh.ning nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida „Tarnovcha“ deb bitilgan muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996-yilda tasdiqlangan, 2003-yilda gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-asr — millodiy 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) „Choch“ soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi „Shi“ toponimi xitoychada „tosh“ maʼnosini anglatgan.

Milloddan avvalgi 3-asrda qadimiy Choch viloyatida tashkil topib, milodning 3-asrlarigacha hukm surgan „Qangʻ“ („Qangʻa“ yoki „Qangʻxa“) davlati Xitoy yozma manbalarida „Kangkiya“ („Kanizyuy“) nomlari bilan tilga olinadi. Qad. toxarlar tilida „qangʻ“ soʻzi ham „tosh“ maʼnosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan sh. boʻlib, u IoshaXasart daryosi (Sirdaryo) boʻyida joylashgan. Bityan sh. Davan (Fargʻona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada boʻlgan. Bityan sh.ning bizgacha saqlanib qolgan xarobalari mahalliy aholi oʻrtasida „[[Qanqatepa“ nomi bilan mashhur (qarang [[Qanqa). U Toshkentdan 70 km janubda — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qad. oʻzani boʻyida joylashgan. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Qanqatepa mil. av. 3-asrdayoq atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan hamda arkli katta shahar boʻlib, mayd. 160 gektarga teng boʻlgan. Qad. Qangʻ davlatining fuqarolari ham „qangʻar“, „qanzar“, keyinchalik „qanhi“, „qangʻli“ yoki „qaʼni“ deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qad. kitobi „Mahabharata“da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan.

Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qad. nomi „Choch“ boʻlgan. Toshkent arablar tasarrufiga oʻtgach, arab alifbosida „ch“ harfining yoʻqligi bois arabiy asarlarda „Shosh“ deb yuritilgan. Ilk oʻrta asrlarda u „Choch“, „Shosh“, „Shoshkent“, „Madinat ashShosh“, „Binkat“ va „Tarkan“ deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki maʼlumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchigeograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning „Kitob al masolik val mamolik“ („Yoʻllar va mamlakatlar toʻgʻrisidagi kitob“)ida Shoshning bosh shahri Binkat deb koʻrsatiladi. 10-asrda yozilgan (muallifi nomaʼlum) „Hudud ulOlam“ („Olamning chegaralari“) kitobida „Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va oʻqyoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir“, deb taʼriflanadi. Firdavsiyning „Shohnoma“ asarida Choch oʻzining kamoni Shoshiy (oʻqyoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor.

Shahar „Toshkent“ nomi bilan dastavval 11-asrning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy „Hindiston“ asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritib, „Tosh“ soʻzi asli turkcha boʻlib, Shosh koʻrinishini olgan. „Toshkand — toshli qishloq demakdir“ (Abu Rayqon Beruniy, Tanlangan asarlar, T., 1963, 2j., 2326.), deb izohlaydi. Mahmud Koshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, T. 11 —12-asrlarda „Tarkan“ deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur „Boburnoma“da Toshkent nomi ustida toʻxtalib, Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar" deb qayd etadi. Biroq 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qad. Choch, Shosh va Binkat nomlari asta sekin muomaladan tushib qoldi. 17-asrda yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: „Shosh — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga karaydi… Uni Choch ataydilar. Biroq hoz. vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir“.

Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad koʻtarishi shu oʻlkada yashagan qad. chorvador va dehqonlarning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon boʻlib, bu jarayon shubhasiz oʻlkaning oʻzlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xoʻjaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng boʻlib, u yozma manbalarga nisbatan koʻproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qad. va oʻrta asrlarga oid manbalardagi maʼlumotlarni toʻldirib, ularga aniklik kiritmoqda.

Arab qoʻshinlari Chochga ilk bor 713 yilda bostirib kelishgan. Tabariyning yozishicha, Chochni zabt etish uchun arablar 20 ming kishilik qoʻshin tortgan. Shahar aholisi arablarga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatgan. Pekin, arablar koʻp oʻtmay Chochni bosib olganlar va talontoroj qilib katga oʻlja bilan qaytganlar. Arab istilochilari tomonidan vayron etilgan shahar oʻzini oʻnglay olmadi. Faqat 9-asrga kelib, avvalgi oʻrnidan 4– 5 km shimoli-gʻarbroqsa, Boʻzsuv kanalidan chiqarilgan Kaykovus (Kolkohdiz) arigʻi yonida yangitdan vujudga keddi va yana Chochning poytaxtiga aylanib, jadal taraqkiy eta boshladi. Bu yangi shahar arab manbalarida Binkat (uzokdan koʻrinib turuvchi yoki quyi shahar) deb tilga olinadi. Bu nom 9— 10-asrlarda zarb etilgan kumush va chaqa tangalarda Shosh va Madinat ashShosh nomlari bilan bir katorda uchraydi. Bu shaharda ham hunarmandchilik va savdosotiq tez rivoj topdi. Arablar dashtlik chorvador kabilalar hujumidan hosildor yerlarni muhofaza qilish maqsadida 8-asrning 70-y.larida Chirchiq vohasining shimoli-gʻarbiy chegaralari boʻylab Soyliq qishlogʻi yonidagi togʻlardan to Sirdaryogacha devor qurdirganlar. Uning xarobalari Kanpirdevor nomida saqlanib qolgan. 9—10-asrlarda Shosh Somoniylarta tobe boʻlgan.

Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, Binkat sh.ning keyingi asrlardagi oʻrni Toshkentning toʻrt dahasida, asosan, uchtasi — Sebzor, Koʻkcha, Beshyogʻoch hududida joylashgan boʻlib, u alohida qalin devorlar bilan oʻrab olingan 4 qism: ark (oʻrda), shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda i ch k i (rabodi doxil) va t a sh q i (rabodi xorij) rabodlardan iborat boʻlgan va bir necha qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Shu davrdagi ark (mayd. 3 ga) va shahriston (mayd. 15 ga cha) shahar markazida hoz. Shayxontohur tumani hududidagi Eski joʻva bozori va undan sharqdagi katta tepaliqda joylashgan. Qalʼada hukmdor saroyi va zindon boʻlgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor boʻlgan, u „Joʻba“ deb yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari koʻchalar orqali bogʻlangan. Bir va ikki kavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oraligʻi 4 km boʻlgan. Shaharda kulolchilik, oʻqyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish. rivojlangan.

10-asr oxiri — 12-asr oʻrtalarida Choch Krraxoniylar davlati tarkibiga kirdi. 1214—15 yillarda Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylar qoʻshini hamda naymanlar xoni Kuchluq bilan jang qilib, Shosh viloyatini ulardan tortib oddi va viloyat dushmanlar qoʻliga oʻtmasligi uchun Shosh markazi aholisini koʻchirtirib yubordi. Shu bois moʻgʻullar 1220-yilda shaharni qarshiliksiz qoʻlga kiritgan boʻlishi mumkin. Juvayniyning moʻgʻullar bosqini haqidagi xabarida Toshkent sh. tilga olinmagan. 13—14-asrning 1yarmida Toshkent viloyati Chigʻatoy ulusi tarkibida, 14-asrning 2yarmi — 15-asrning 80-yillarigacha Toshkent Amir Temur va Temuriylar tarkibida boʻldi.

1404-yilda Ulugʻbek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qalʼaga aylandi, uning hududi kengaydi, ishlab chiqarish., savdosotiq, madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar, Jome mayejidi va b. qurildi. Arxeologik topilmalar, meʼmoriy obidalar mahalliy anʼanalarning qoʻshni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan uygʻunlashib ketganligini koʻrsatadi. Temuriylar oʻrtasida boshlangan taxt uchun kurash natijasida Toshkent 1485-yilda Moʻgʻuliston xoni Yunusxon ixtiyoriga oʻtdi va uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u koʻp hukmronlik qilmay, 1487-yilda Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning oʻgʻli Sulton Maxmudxon oʻtirdi. Uning hukmronligi ham koʻpga bormadi. Toshkent 1503-yilda Shayboniyxon va Koʻchkunchixon tasarrufiga oʻtdi. 16-asrda Toshkent yana obodonlashib, Turkistonning hunarmandlik, savdosotiq va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Shahar yangi devor bilan oʻraldi. Meʼmorlik obidalari qad koʻtardi, ularning ayrimlari (Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi) bizning davrimizgacha yetib kelgan. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdosotiq aloqalarining kengayishiga olib keldi. 1558-yilda Toshkent qirgʻizqaysoklar qamaliga bardosh berdi.

16-asrning 2yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining Rus davlatiga boʻysundirilishi natijasida Toshkent bilan Moskva oʻrtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga elchilar yubordi. 1579-yilda Toshkentni Buxoro xoni Abdullaxon II bosib oldi. 1588-yilda shahar aholisi Abdullaxon IIning noibi, Toshkent viloyatining hokimi Oʻzbekka qarshi isyon koʻtargan. Lekin, koʻp oʻtmay isyon bostirildi. 1597-yilda shaharni Tavakkalxon (1598-yil v. e.) bosib oldi. Oz fursat oʻtmay Toshkent yana Buxoro xonligiga oʻtdi. Ashtarxoniylardan Imomqulixon qozoqlarni tormor keltirib, 1611-yilda oʻgʻli Iskandarni Toshkentga noib qilib tayinladi. Biroq shahar aholisi isyon koʻtarib, qochib ketayotgan Iskandarni tutib oʻldirdi. Bundan gʻazablangan Imomqulixon Toshkent aholisidan shafqatsiz oʻch olib, ularni qirgʻin (qatliom) qildi.

1723-yilda Toshkent Jungʻar xoni GaldanSiren qoʻliga oʻtdi. Bu davrda Toshkent aholisi tokchilik, bogʻdorchilik hamda poliz ekinlari, bugʻdoy, tariq, arpa, suli, zigʻir, kunjut yetishtirish bilan shugʻullanardi. Shahar rastalarida ipak mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar koʻp boʻlgan. Rus savdogarlari Toshkentga movut, qunduz terisi va turli boʻyoklar keltirishgan. Toshkent bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarkand, Koʻlob, Shahrisabz va b. shaharlar oʻrtasida savdosotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda xam hali yaxshi taraqkiy kilmagan edi. Toshkent aholisiga don va qoramol bilan toʻlanadigan maxsus soliq (hosilning 1/101/5 ulushi) solingan. Toshkent Jungʻariya xonligi barham topgandan keyin (1758) Katta Oʻrda va qalmoklarning hujumlari natijasida koʻp zarar koʻrdi.

18-asr oʻrtalarida garchi shahar qoʻldanqoʻlga oʻtib turgan boʻlsada, Toshkent 4 daha (qism)ga — Shapxonshohur, Sebzor (Qaffoli Shoshiy), Koʻkcha (Shayx Zayniddin), Beshyogʻoch (Zangiota) dahalariga boʻlinib, ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Toshkent tarixida bu davr Chorhokimlik deb atalgan.

Shaharni boshqarish boʻyicha barcha maʼmuriy lavozimlarga Toshkentning boy savdogar va aslzodalari tomonidan koʻrsatilgan shaxslar tayinlangan.

Hokimlar tashqi bosqinlarga qarshi kurashish uchun navbat bilan qoʻshin ajratganlar. Muhim masalalar ham birgalikda hal qilingan. Hokimliklar oʻrtasida shaharda hukmron boʻlish uchun baʼzan toʻqnashuvlar boʻlib turgan. Bunday toʻknashuvlar sababli yuzaga kelgan notinchlik davri deyarli chorak asr davom etgan. Ayrim vaktlarda butun shahar hududi jang maydoniga aylangan. Lekyn, 4 daha hokimlarining oʻzaro toʻqnashuvlari asosan, shaharning Janggoh, Labzak arigʻi boʻyida („Jangob“) boʻlgan. Oʻzaro toʻqnashuvlarga shahar aholisi ham jalb etilgan. Faqat Eski joʻva bozori betaraf joy hisoblanib, notinchlik vaktida ham savdosotiq davom etgan. Chorhokimlik davrida Toshkent aholisi atrofdagi shahar va qishloqlar, Dashti Qipchoqning chorvador aholisi hamda Sibir bilan savdo aloqalarini uzmagan. Rossiya bilan savdosotiqni rivojlantirish maqsadida 1779-yilda Toshkentdan Tobolsk sh.ga elchilik missiyasi joʻnatilgan. Biroq, bu davrda Toshkentdagi ichki ziddiyatlar va notinchliklardan foydalangan koʻchmanchilar shaharga bir necha marta hujum qildilar. Natijada shahar atrofidagi bogʻlar, dehqonchilik dalalari payhon qilindi. Umuman olganda chorhokimlik davri Toshkent hayoti xoʻjaligining tushkunlik davri boʻddi. Shu bois savdohunarmandchilik axlining ilgʻor fikrli vakillari oʻrtasida shaharni yagona hokim qoʻl ostida birlashtirish gʻoyalari vujudga keldi. Shu davrda shahar yaxlit tashqi devor bilan oʻralgan va uning uz. 14 km, darvozalar soni 12 ta edi.

1784-yil Shayxontohur dahasi hokimi Yunusxoʻja qolgan 3 daha hokimligini ham oʻz tasarrufiga olib, mustaqil Toshkent davlatini tashkil etdi. Bir necha harbiy yurishlardan keyin u Katta Oʻrdadan Toshkent atrofidagi qishloqlarni qaytarib olishga, Toshkent aholisiga tinchlik bermayotgan koʻchmanchi juz qabilalarini boʻysundirishga muvaffaq boʻldi. 1799-yilda Qoʻqon qoʻshinlari Toshkentni qamal qildi, ammo toshkentliklarning kuchli zarbasiga uchrab orqaga qaytdi.

Toshkent davlati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent davlati tashqi kuchlar, ayniqsa, Qoʻqon xonlari tazyiqida boʻlsa-da, 20 yildan ziyod umr koʻrdi.

Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida boʻlib, uning maʼmuriyatini „voliy viloyat“ lavozimi bilan Yunusxoʻja boshqardi. Keyinroq Yunusxoʻja „Xazrati Eshon“ unvonini olib, ayni paytda „xon“ deb ham yuritildi. Yunusxoʻja huzurida tuzilgan „xon kengashi“ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va boshqalar kiritilgan. Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oshirganlar. Oʻta jiddiy masalalar: oʻgʻirlik, qotillik va b.ni Yunusxoʻjaning oʻzi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan; qotillarga esa oʻlim jazosi qoʻllangan. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxoʻjaning oʻzi olib borgan.

Anhorning oʻng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor oʻralgan Oʻrda, yaʼni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan tashqari zarbxona joylashgan. Oʻrdani qoʻriqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus harbiy qism („qoraqozon“) tashkil etilgan.

Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning maʼlumotiga koʻra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamtoʻra, parvonachi lavozimiga Odiltoʻra, bosh harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtoʻra, qoʻshin boshligʻi lavozimiga Boboxontoʻralar tayinlangan. Davlatning moliya ishlari bilan boshchixoʻja shugʻullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat qilgan.

Yunusxon shimolida Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq xududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar toʻplab berish majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram sh.lari, keyinchalik Turkiston sh. ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Krrabuloq, Sarapon, Temir mavzelari va b. oʻnlab qishloklar Toshkentga tobe boʻlgan.

  1. Из истории Казахстана XVIII в.
  2. „Толе би“. Unesco. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 января 2009.
  3. 3,0 3,1 УКРЕПЛЕНИЕ КАЗАХСКОГО ХАНСТВА В XVI-XVII ВЕКАХ
  4. Казахское ханство в XVII в., 2013-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-21