Daha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daha (fors—oʻnlik):

  1. oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo va Eronda oʻn kishidan iborat jangovar boʻlinma. Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligidagi bunday harbiy boʻlinma boshligʻi dahaboshi, dahboshi deb atalgan;
  2. Oʻrta Osiyo xonliklarining qishloq joylari va yirik shaharlaridagi maʼmuriy-hududiy birlik. Bir necha qishloqlar bir Dahaga birlashtirilgan, yirik shaharlar esa bir necha Dahaga boʻlingan. Unda bir nechta mahalla, bir yoki bir nechta Madrasa, masjid, bozor, hammom va boshqa jamoat binolari boʻlgan. Daha ni oqsoqol (mingboshi) boshqargan. Mas, Toshkentda Koʻkcha, Beshyogʻoch, Sebzor va Shayxontohur Dahalari boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Даҳа – йўл тармоғининг қизил чизиқлари билан чегараланган кўчалараро ҳудуд, даха аҳолисига кундалик хизмат кўрсатиш объектлари билан бирлаштирилган гуруҳлар.