Ohangaron daryosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ohangaron daryosi
Tavsif
Uzunligi km
Suv sarfi m³/s
Davlat Oʻzbekiston, Rossiya Imperiyasi va СССР
Vikiomborda "Ohangaron daryosi" nomli sahifa mavjud


Ohangaron Ohangaron shahri yaqinda

Ohangaron daryosi - Toshkent viloyatidagi daryo. Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib tushadigan soylardan hosil boʻladi. Uz. 236 km (Oqtosh-soyning boshlanish yeridan), havzasining maydoni 7710 km². Chovlisoy quyilgan yerdan Turk qishlogʻiga qadar daryo Ohangaron platosini kesib oʻtgan tor daradan oqadi. Daraning chuq. 250 m (da-ryoning bosh qismida). Yakkaarchasoy quy-ilgan joyida 800 m. Daryo vodiysi juda tor. Turk qishlogʻiga qadar daryoning nishabi katta. Shu joydan vodiy kes-kin kengayadi, Obliq qishlogʻi yaqinida uning kengligi 700 m, Ohangaron shahri yaqinida 4–5 km. Vodiy yon bagʻirlari yotiq, soylik va jarliklar uchraydi. Obliq qishlogʻidan quyida allyuvial koʻhna qayir (terrassa)lar mavjud. Ohan-garon shahridan oʻtgach, daryo kengligi 8 km li vodiyda oqa boshlaydi. Ohangaron daryosi qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Aprel—iyunda suvi koʻpayadi, eng koʻp suv sarfi may oyida, suvining 51% shu oylarda oqadi. Oʻrta-cha suvi sarfi Turk qishlogʻi yonida 22,8 m³/sek, oʻrtacha yillik suv sarfi 400 m³/sek. Ohangaron daryosining irmogʻi juda koʻp, yiriklari: Arashon, Yertoshsoy, Toshsoy, Dukantsoy, Qorabovsoy, Oqchasoy, Nishboshsoy, Objazsoy, Gushsoy. 1962-yilda Ohangaron daryosining quyi oqimida "Toshkent dengizi" deb nom olgan Toshkent suv ombori, 1989-yilda Ohangaron suv ombori qurilgan. Daryodan Tanachi-buqa va Yordon kanallari chiqarilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil