Salor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Salor (Urtaovul qishlogʻida)
Salor (keyinda) va uning oxirgi shoxobchalari — Kurkuldak, Niyozbosh, Qorasuv (yoki Salorning davomi)

SalorToshkent viloyatidagi kanal. Qibray tumani hududida Boʻzsuv kanalidan suv oladi. Salorning bosh qismi Salor GESning quyi chiqarish oʻzanida joylashgan. Toshkent sh. xududidan oʻtadi. Zangiota tumanining janubidan oʻtib, Yangiyoʻl tumanida tugaydi. Umumiy uz. 60 km. Kanalning kengligi 10– 15 m, chuq. 1–2 m. Bosh suv olish inshooti 20 m³/sek suv oʻtkazishga moʻljallangan. Kanaldan Dam va Polvon kanallari suv oladi. Toshkent shahrining bir nechta sanoat korxonalari, jumladan, Toshkent issiqlik elektr markazining suv taʼminoati uchun foydalaniladi. S. qadimda Boʻzsuvning chap soxilidan, hozirgi Salor GESning quyirogʻidan qazilgan. S.ga Boʻrjar, Qorasuv oqovalari ham kelib qoʻshilgan. Natijada S.ning suvi birmuncha koʻpayib, undan Kurkuldak va Niyozboshi ariqlari chiqarilgan. S, Kurkuldak va Niyozboshi boʻylarida mil. av. 1ming yillik oʻrtalari va mil. av. 1asrlarda vujudga kelgan qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari kup uchraydi. Bu davrda S. va uning shoxobchalari boʻylarida turli istehkomlar (Qovunchitepa, Kuygantepa, Niyozboshtepa va boshqalar) paydo boʻlgan. 4—11asrlarda S. boʻyida Mingoʻrik, Toshkentning qadimiy markazi — Binkat, shuningdek, Danfi ganket, Shuturkent va boshqa shaharlar vu judga kelgan. 11 — 12-asrlarda S. birmuncha kengaytirilgan, suvi koʻpaygan; lekin 13-asrda moʻgʻullar hujumidan keyin qarovsiz qolgan. Keyinchalik (19-asr) kanal oʻzani yangidan qazilgan.

Soʻnggi yillarda kanal oʻzanining aksariyati taʼmirlanib, ayrim kismlari qayta qurilmoqda. Kanalning Toshkent shahrida Pushkin koʻchasi bilan temir yoʻl bekati koʻprigigacha boʻlgan qismi toʻliq qayta taʼmirlandi, obodonlashtirildi va istirohat bogʻlari tashkil etiddi. Kanalning suv oʻtkazish qobiliyatini oshirish (50 m³/s gacha yetkazish), oʻzanini betonlash ishlari olib borilmoqda. S. suvi bilan Zangiota va Yangiyoʻl tumanlarida 3,5 ming ga yer sugʻoriladi.

Ziyomiddin Artukmetov, Bahodir Soliyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil