Nigora Tursunqulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nigora Akmalovna Tursunqulova
Nigora Tursunkulova, June 2021.jpg
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport taekvondo
Tavallud sanasi 4-aprel 1999-yil (1999-04-04) (23 yosh)
Tavallud yeri Jizzax, Oʻzbekiston
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Manila 2016 67kg gacha
Oltin Xoshimin 2018 67kg gacha
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Bronza Jakarta 2018 67kg gacha
Butunjahon harbiylar oʻyinlari
Kumush Uxan 2019 67kg gacha

Nigora Akmalovna Tursunqulova (1999-yil 4-aprel, Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. U 2016-yilda Osiyo chempionatida taekvondo boʻyicha bronza medalini, 2018-yilda oltin medalini qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yili yana Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza, 2019-yilda esa Butunjahon harbiy oʻyinlarida kumush, shuningdek, Tibadagi taekvondo boʻyicha jahon Gran-prisida bronza medallarini sohibasi boʻldi.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunqulova 2016-yilda Maniladagi (Filippin) taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati yarim finalida vyetnamlik Xa Txi Nguyenga magʻlub boʻlib, bronza medalini qoʻlga kiritadi[1].

Shu yili yana Rio-de-Janeyrodagi XXXI Yozgi Olimpiada oʻyinlari chorak finalida ozarbayjonlik Farida Azizovaga imkoniyatni boy beradi[2].

Shundan soʻng Nigora Tursunqulova 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritadi[3]. U yarim finalda raqibi janubiy koreyalik Kim Jan-Diga imkoniyatni boy beradi. Xuddi shu yili Xoshimindagi (Vyetnam) taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida raqibi iordaniyalik sportchi Juliana Al-Sodiqdan ancha kuchli boʻlib uni magʻlub etdi va oltin medal sohibasiga aylandi.

2019-yilda Uxanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Butunjahon harbiylar oʻyinida 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, u finalda xitoylik Chjan Menyuyga imkoniyatni boy beradi va kumush medal oladi[1]. Mazkur yilda Nigora Tursunqulova Tibadagi (Yaponiya) taekvondo boʻyicha jahon Gran-prida 67 kilogrammgacha vazn toifasida yarim finalda ishtirok etib, fransiyalik raqibi Magda Vit-Enenga imkoniyatni boy beradi va bronza medali sohibasi boʻladi.

2021-yilda Ommonda (Iordaniya) oʻtkazilgan Osiyo qitʼa sportchilari uchun taekvondo boʻyicha Yoʻllanma turnirida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi[4][5].

Nigora Tokiodagi (Yaponiya) 2020-yilgi XXXII Yozgi Olimpiya oʻyinlarida bokschi Bahodir Jalolov bilan birga Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdoriga aylanishdi[6]. Tokiodagi oʻyinlarda u 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etdi va 1/8 finalda xitoyli raqibi Chjan Menʼyuy bilan toʻqnashib, 9:12 hisobida magʻlub boʻldi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „TaekwondoData“ (en). TaekwondoData. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  2. „Харчегани завоевал бронзу, Азизова стала пятой“ (ru). www.azerisport.com. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  3. „Wayback Machine“. web.archive.org (8-iyun 2020-yil). 8-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  4. „Сборная Узбекистана по таэквондо впервые поедет на Олимпийские игры полным составом“ (ru). https://uznews.uz. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  5. „Нигора Турсункулов вновь примет участие в Олимпиаде“ (ru). Olamsport.com. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  6. „Токио-2020. Сменились знаменосцы Узбекистана“ (ru). Газета.uz (23-iyul 2021-yil). Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  7. Tokyo 2020“ (en). ... Qaraldi: 25-iyul 2021-yil. [sayt ishlamaydi]