Kontent qismiga oʻtish

Saraton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saraton (arab.) — 1) zodiak yulduz turkumlaridan biri; osmonning Shimoliy yarim sharida, Silovsin, Egizaklar, Kichik It, Gidra, Asad va Arslon yulduz turkumlari orasida joylashgan, belgisi a9, eng ravshan yulduzi 4yulduz kattaligida. S. oʻrta kengliklarda kuz, qish va erta bahorda koʻrinadi. Yerning tropik mintaqalaridan biri S. nomi bilan atalgan; shu mintaqada yozgi quyosh turishi vaqtida Quyosh zenitdan oʻtadi. Quyosh S. yulduz turkumida iyul oyida boʻladi;

2) shamsiya yil hisobida toʻrtinchi oyning nomi (qarang Kalendar). 22 iyundan 21 iyulgacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Bu faslida kun juda issiq bo'la boshlaydi harorat ortib issiqlik yuqori cho'qisiga chiqadi.