Xalqaro olimpiada qoʻmitasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) — olimpiada harakatining oliy rahbar organi; hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro sport tashkiloti. 1894 y. P. De Kuberten tashabbusi bilan Olimpiada oʻyinlari oʻtkazishni boshqarib turish, bu oʻyinlarning ijtimoiy ahamiyati va obroʻsini koʻtarish, havaskorlik sportini rivojlantirishga va barcha mamlakatlar sportchilari oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlashga "koʻmaklashish maqsadida tuzilgan. XOQ — doimiy ishlaydigan tashkilot, oʻz aʼzolarini turli mamlakatlardagi sport harakatining eng faol tashkilotchilari orasidan tanlab oladi. XOQ ijroiya qoʻmitasi prezident (8 yil muddatga saylanadi), uch vitse prezident va 5 nafar aʼzodan iborat. Olimpiada oʻyinlari xartiyasi — XOQnint ustav hujjatidir. XOQ sessiyalari har yili oʻtkaziladi, olimpiada oʻyinlari boʻladigan yillarda — ikki marta: yozgi va qishki oʻyinlar vaqtida oʻtadi. Olimpiada oʻyinlari vaqtida XOQ musobaqalarni oʻtkazishga rahbarlik qilish huquqini Xalqaro sport federatsiyalariga beradi.

XOQ hozirgacha 200 dan ortiq milliy olimpiada qoʻmitalarini (shu jumladan, 1993 y. Oʻzbekiston milliy olimpiada qoʻmitasini) tan olgan. XOQ qarorgohi Lozanna (Shveysariya) shahrida joylashgan.