Bahodir Qurbonov
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Bahodir Nizamovich Qurbonov | |
---|---|
Курбанов, Баходир Низамович | |
![]() | |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri | |
Mansabda 2019-yil 11-fevral — | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abdusalom Azizov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-oktabr 1969-yil (52 yosh) Jizzax viloyati, OʻzSSR |
Unvoni | General-leytenant |
Bahodir Qurbonov (1969-yil, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) —oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri.
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1969-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. Millati — oʻzbek
- 1987-1989 — Sovet Armiyasida harbiy xizmatni oʻtagan.
- 1990-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi[1].
- 1994-1996 — Jizzax shahar ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlinmasi tergovchisi, katta tergovchisi.
- 1996-1997 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimining noqonuniy valyuta operatsiyalariga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimi.
- 1997-1998 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi 1-boʻlinmasining tezkor xodimi.
- 1998-1999 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi 2-boʻlinmasining katta tezkor xodimi.
- 1999-1999 — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi 3-boʻlinmasi katta tezkor xodimi[2].
- 1999-2001 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi 3-boʻlinmasi boshligʻining oʻrinbosari.
- 2001-2002 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
- 2002-2005 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[3].
- 2005-2008 — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
- 2008-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
- 2008-2013 — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
- 2013-2015 — Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining oʻrinbosari[4].
- 2015-2018 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi. 2017-yil 14-yanvarda unga general-mayor unvoni berildi[5].
- 2018-yil 12-fevraldan 2019-yil 11-fevralgacha Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni.
- 2019-yil 11-fevraldan Oʻzbekiston mudofaa vaziri[6].
- 2020-yil 15-avgustdan shuningdek, Oʻzbekistonning aralash yakkakurashlar assotsiatsiyasi (MMA) raisi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://qalampir.uz/uz/news/yangi-mudofaa-vaziri-tayinlandi-146
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2020-02-20, https://web.archive.org/web/20200220054456/http://akadmvd.uz/nasha-gordost, qaraldi: 2021-04-13
- ↑ http://www.xabar.uz/ru/siyosat/bahodir-qurbonov-mudofaa
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/14/triatlon-federatsiyasiga-xavfsizlik-kengashi-kotibi-mma-assotsiatsiyasiga-esa-mudofaa-vaziri-rais-boldi
- ↑ https://sputniknews-uz.com/20190211/Bahodir-Qurbonov-Ozbekiston-mudofaa-vaziri-etib-tayinlandi-10780077.html
- ↑ https://www.trt.net.tr/uzbek/turkiya/2021/04/06/hulusi-akar-o-zbekistonlik-kasbdoshi-bahodir-kurbonov-bilan-uchrashdi-1615504