Qirgʻiziston — Ispaniya munosabatlari
![]() | |
![]() Qirgʻiziston |
![]() Ispaniya |
Qirgʻiziston — Ispaniya munosabatlari — Qirgʻiziston va Ispaniya oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Qirgʻizistonning Ispaniyada elchixonasi yoki konsulligi yoʻq[1][2]. Ispaniyaning Qirgʻizistonda elchixonasi yoʻq, ammo Qozogʻistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi Qirgʻiziston uchun akredatsiyadan oʻtgan[3].
Diplomatik aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ispaniya va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlar hali ham yaxshi rivojlanmagan. Aslida Qirgʻiziston Respublikasida Ispaniya hukumati tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan elchixona yoʻq. 2002-yil fevralidan 2009-yil oktabrigacha boʻlgan vaqt oraligʻida Ispaniya „Manas“ aviabazasida 50 ga yaqin askarlardan tashkil topgan boʻlinmasi mavjud boʻlib, ularning maqsadi Afgʻonistonda boʻlgan ispan qoʻshinlariga yordam berish hisoblangan[4].
Iqtisodiy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qirgʻiziston Respublikasining siyosiy va qonunchilikdagi noaniqligi Ispaniya va xalqaro investorlarni tormozladi. Mamlakat rivojlanmaganligini hisobga olib, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish Qirgʻiziston iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir[5].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ List of foreign embassies in Spain Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-10-06)..
- ↑ „List of foreign consulates in Spain“. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-avgust 2019-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-04-02).
- ↑ Ficha de Kirguistán Office of Diplomatic Information. Ministry of Foreign Affairs and Cooperation. Section: Spanish Representation Data.
- ↑ Ficha de Kirguistán Office of Diplomatic Information. Ministry of Foreign Affairs and Cooperation. Section: Diplomatic relations.
- ↑ Ficha de Kirguistán Office of Diplomatic Information. Ministry of Foreign Affairs and Cooperation. Section: Economic relations.
|