Qozogʻiston — Qirgʻiziston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozogʻiston — Qirgʻiziston munosabatlari

Qozogʻiston

Qirgʻiziston

Qozogʻiston — Qirgʻiziston munosabatlari — Qozogʻiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar juda kuchli va qirgʻiz va qozoq tili, madaniyati va dini jihatidan juda yaqin. Qirgʻiziston-Qozogʻiston munosabatlari har doim juda yuqori darajada boʻlgan va ikki mamlakatning iqtisodiy va boshqa rasmiy aloqalari har ikki xalqning umumiy xohishidan kelib chiqqan holda har ikki xalq tomonidan yuqori baholanadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston SSRning bayrogʻi.
Qirgʻiziston SSRning bayrogʻi.

Har ikki mamlakat ham Sovet Ittifoqi tarkibidagi davlat boʻlgan.

Iosif Stalin davrida 1930-yildan 1944-yilgacha kurdlar, qalmoqlar, chechenlar, ingushlar yoki balkarlar kabi bir qator etnik guruhlar Qozogʻistonga yoki Qirgʻizistonga joʻnatilgan, koʻchmanchi qozoqlar keyinchalik Qozogʻistondan deportatsiya qilingan.

1980-yillarga kelib Mixail Gorbachyovning qayta qurish davrida ikki xalq orasida millatchilik avj ola boshladi.

1991-yil mart oyida Qozogʻiston va Qirgʻiziston Ittifoqni suveren davlatlarning yangilangan federatsiyasi sifatida saqlab qolish maqsadida oʻtkazilgan referendumda ishtirok etishdi. 1991-yil avgust oyida Moskvada sodir boʻlgan muvaffaqiyatsiz toʻntarish paytida Asqar Akayev va Nursulton Nazarboyev kommunistlar tarafdorlarini qoralashganlar. Muvafaqqiyatsiz toʻntarishdan koʻp oʻtmay ikki davlat oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan. Ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar 1992-yilda boshlangan.

Zamonaviy davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 26-aprelda Qozogʻiston va Qirgʻiziston prezidentlari ikki davlat oʻrtasida „Xalqaro Oliy Kengash“ tuzish toʻgʻrisida bitim imzoladilar. Ushbu tarixiy voqea Qozogʻiston prezidentining Qirgʻiziston poytaxti Bishkekka rasmiy tashrifi paytida yuz berdi[1][2]. Qozogʻiston shimoliy Qirgʻiziston uchun juda muhimdir. 1990-yillarning oʻrtalarida bir qancha vaqt davomiga Bishkekdagi „Manas“ aeroportining yopilishi Qozogʻiston sobiq poytaxti Olmaotani Qirgʻizistonga kirish joyiga aylantirdi. Qirgʻizistonning shimoli-gʻarbidagi Talas shahri deyarli barcha xizmatlarini Qozogʻiston chegarasidan oʻtib, Taraz shahri orqali oladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Central Asia: A Kyrgyz-Kazakh Step Towards Regional Union“. 3-sentyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentyabr 2011-yil. This article incorporates text from this source, which is in the public domain. Deprecated link.
  2. Bekeshova, Meri „A Kyrgyz-Kazakh Step Towards Regional Union“. Inter Press Service News Agency. 4-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentyabr 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2012-03-04 sanasida arxivlangan)
  3. Martha Brill Olcott. "Central Asian Neighbors". Kyrgyzstan: a country study (Glenn E. Curtis, editor). Library of Congress Federal Research Division (March 1996). This article incorporates text from this source, which is in the public domain.