Kontent qismiga oʻtish

Moskva viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Московская область
Moskva viloyati
Moskva viloyati bayrogʻi Moskva viloyati gerbi
Administrativ markaz Moskva
Maydon 44 379 km² (55-chi (Rossiya Federatsiyasida))
- suv qismi 0,4%
Aholi
  1. Н/Д[1] ming kishi (2-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2014
- zichlik 7 133 620 kishi / km²
YaIM 1 796,5 mlrd rub. (4 -chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 251,8 ming rub.
Federal okrug Markaziy
Iqtisodiy tuman Markaziy
Gubernator Andrey Yuryevich Vorobyov
RF subyekti kodi 50, 90, 150, 190, 750
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)

Moskva viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1929-yil 14-yanvarda tashkil etilgan. Markaziy iqtisodiy rayonga kiradi. Maydoni 47 ming km². Aholisi (Moskva shahridan tashqari) 6564,1 ming kishi (1998), Moskva va Moskva shahri maʼmuriyatiga qarashli shahar va shaharchalar bilan birga 15193,3 ming kishi. Asosiy aholisi ruslar (93,5%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi – 79,7% (Moskvadan tashqari), Moskva va Moskva maʼmuriyatiga karashli shahar va shaharchalar bilan – 91,2%. Moskva viloyatida Moskva shahri atrofida Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik shahar aglomeratsiyasi joylashgan. Moskva viloyati 39 tumanga boʻlingan, 74 shahar, 111 shaharcha bor. Markazi – Moskva shahri

Moskva viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markaziy qismida, Volga va Oka daryolari oraligida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Viloyatning shimoliy qismida Moskva qirlari bor. Moskva viloyatining janubi-sharqiy qismida Meshchyora pasttekisliginmng garbiy chekkasi, janubiy qismida Oʻrta rossiya qirlarining shimoliy davomi (balandligi 150–200 m) joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati –10°, iyulniki 17°. Baʼzan –45°, –50°gacha sovuq, yozda – 38°–40° gacha issiq boʻlishi mumkin. Yillik oʻrtacha yogʻin 450–650 mm. Vegetatsiya davri 170 kunga yaqin. Moskva viloyati daryolari Volga havzasiga mansub. Shimolida Volga va uning irmoqlari, janubida Oka va uning irmoqlari oqadi. Moskva viloyatining shimoliy qismidan Moskva nomli kanal kesib oʻtadi.

Trostenskoye, Nerskoye, Svyatoye va boshqa Har xil chimli podzol, krratuproklar asosiy oʻrin tutadi. Viloyat hududining 50% oʻrmon (qayin, togʻterak, qoraqaragʻay, qaragʻay va hokazo). Los, suvsar, qora sassiqkoʻzan, boʻrsiq, tulki, qobon, oq tovushqon, tiyin, har xil qushlar, suv havzalarida baliklar yashaydi. Viloyat hududida Los Oroli milliy bogʻi, Oka boʻyiterrasa qoʻriqxonasi bor.

Moskva viloyati eski sanoat rayoni. Manufaktura, keyinchalik fabrika sanoati (asosan, toʻqimachilik)ning dastlabki markazlari 18–19-asrlarda vujudga kelgan. Hozirgi Moskva viloyati shahar atrofi intensiv qishloq xoʻjaligi bilan birga yuksak darajada rivojlangan industrial rayon. Moskva viloyati xoʻjaligining rivojlanishi Moskva shahri bilan chambarchas bogʻliq. Moskva viloyati hududida Moskva shahrining xoʻjalik obʼyektlari, dam olish zonalari joylashgan. Sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo, malakali kadrlar va qudratli ilmiytexnika bazasiga tayanadi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik (energetika, ogʻir sanoat, transport, stanoksozlik, aniq mashinasozlik), yengil, kimyo, qurilish materiallari ishlab chiqarish Foydali qazilmalardan fosforit, torf, noruda qurilish materiallari qazib olinadi. Mashinasozlikning yirik korxonalari – Podolsk mashinasozlik zavodi (issiqlik elektr stansiyalari uchun qozonlar ishlab chiqariladi), "Elektrostaltyajmash" zavodi (prokat uskunalar), Dmitrov, Yegoryev, Kolomna stanoksozlik zavodlari (metall kesuvchi stanoklar), Mitishchi "Metrovagonmash (metropoliten vagonlari, yuk avtomobillari), Lika avtobus zavodi (shahar avtobuslari), Serpuxov avtomobil zavodi ("Oka" yengil avtomobillari), Kolomna mashinasozlik zavodi (magistral teplovozlar), Lyuberetsk qishloq xoʻjaligi mashinalari zavodi (silos bosish texnikasi), Podolsk mexanika zavodi (tikuvchilik mashinalari), Krasnogorsk mexanika zavodi (fotoapparatlar, optik texnika). Yengil sanoat korxonalari (viloyat umumrossiya gazmollar ishlab chiqarishning 15% ga yaqini, trikotaj mahsulotlarining 10% ga yaqinini beradi) – "Orexovtekstil", "Gluxovtekst", "Oka" toʻqimachilik firmasi (paxta ipi, gazlamasi), Moshin, Pavlov-Posad kamvol kombinatlari, Kupava yupqa movut fabrikasi (jun ip va jun gazlama). Naro-Fomin ipakchilik kombinati, Ivanteyev trikotaj birlashmasi, Noginsk paypoq korxonasi, Lyuberetsk gilam kombinati bor; kimyo sanoati korxonalari: fosforitlar va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish korxonalari (fosfor va azot oʻgʻitlari), "Klinvolokno" (kimyo tolasi va ipi), "Karbolit" (plastmassa mahsulotlari), Sergiyev-Posad lok-boʻyoq zavodi; "Stroy industriya" qurilish materiallari sanoati, Shatura va Kashira GRESlari ishlab turibdi. Qishloq xoʻjaligida shahar atrofi qishloq xoʻjaligi asosiy oʻrin tutadi (sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik). Dehqonchilikda ozuqa yetishtirish yetakchi oʻrinda (ekin maydonlarining 3/5 qismi ozuqa ekinlari bilan band), shuningdek, gʻallakorlik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, shu jumladan, yopiq gruntda (asosan, viloyatning Moskvaga yondoshgan rayonlarida).

Moskva viloyati uzunligi 2703 km, shu jumladan, 2120 km elektrlashtirilgan. Qattiq qoplamali yoʻllar 10 ming km. Yoʻllar zichligi 321 km/ming km². Volga, Oka, Moskva daryolari va Moskva kanalida kema qatnaydi. Daryo portlari – Dubna, Serpuxov, Kolomna, Zaraysk, Voskresensk, Moskvaga Ryazan va Yaroslavldan neft quvuri oʻtkazilgan. Moskva atrofida taqsimlovchi halqa gaz quvuri bor. 4 aeroport: Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo. Moskva shahri atrofida 50 km radiusda dam olish zonalari boʻlgan oʻrmon-park ximoya mintaqasi ajratilgan.

Viloyatning ilmiy majmuasi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ilmiy markazlar: mudofaa yoʻnalishidagi – Korolyov, Ximki, Balashixa, Jukovskiy, Troitsk; fundamental tadqiqotlar boʻyicha – Pushchino (biologiya fanlari), Chernogolovka (kimyo fanlari), Dubna va Protvino (yadro fizikasi).

Moskva viloyatidagi mashhur meʼmoriy tarixiy yodgorliklar – Sergiyev Posad, Zvenigorod, Volkolamsk, Kolomna, Vereya shaharlari va boshqa 19–20-asrlarda rus madaniyati markazlari hisoblangan koʻp sonli muzeyusadbalar – Abramsevo, Muranovo, Ostafyevo, Arxangelskoye. Viloyatning xalq hunarmandchiligi – Gjel keramikasi, Fedoskino lok miniatyurasi, Jostovoning metallga gul solish, Zvenigorodning oʻyinchoq va musika asboblari mashxur. Sergiyev-Posad shahrida TroitsaSergiyev lavrasi mavjud. Bir qancha monastirlar (Iosifvolotsk, Xotkov va boshqalar) bor.[2]

  1. Moskva viloyati > Данные не обнаружены. Возможно страница переименовывалась. Проверьте справочникКатегория:Википедия:Статьи с неправильными параметрами шаблона Население
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil