Moskva (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Moskva
ruscha: Москва́, Москва́-река́
Kosmodamianskaya 36-30 02 2000px.jpg
Tavsif
Uzunligi 473 km
Havzasi Oka -> Volga -> Kaspiy dengizi
Suv sarfi 109 m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya


Moskva, Moskvareka — RFning Moskva va qisman Smolensk viloyatlaridagi daryo. Okaning chap irmogʻi (Volga havzasi). Uz. 473 km, havzasining maydoni 17,6 ming km². Moskva qirlaridan boshlanadi. Kolomna shahri yaqinida Oka daryosiga quyiladi. Krr, grunt va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Urtacha suv sarfi 109m³/sek. Noyabr dekabrdan mart oxirigacha muzlaydi. Asosiy irmoqlari: chapda — Ruza, Istra, Yauza; oʻngda — Paxra, Severka. M.da suv om-borlari va toʻgʻonlar bor. 1937 yilda M.ni Volga bilan bevosita bogʻlaydigan Moskva nomli kanal qurildi. Daryo Moskva shahrini suv bilan taʼminlaydi. Moskva kanali orqali M.ga Volgadagi Ivankovo suv omboridan yiliga 1,8 km3 suv quyiladi. M. boʻyida Mojaysk, Zvenigorod, Moskva, Jukovskiy, Bronni-si, Voskresensk, Kolomna shaharlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil