Oʻrta Rossiya qirlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻrta rossiya qirlaridan yoʻnaltirildi)

Oʻrta rossiya qirlariRossiya Federatsiyasi Yevropa qismining markazidagi qirlar. Shimolida Oka vodiysidan janubida Donetsk kryajigacha choʻzilgan. Qirlar Kaspiy, Qora va Azov dengizlari suvayirgʻichi hisoblanadi. Uzunligi 1000 km, enining keng joyi 500 km, balandligi 220–250 m (eng baland joyi 293 m); janubi-sharqiy qismi Kalach qirlari deb ataladi. Oʻ.Oʻrta Rossiya qirlarining oʻrta qismida tokembriy kristall zamini yer yuzasiga yaqin va Don daryosi vodiysida, Pavlovsk va Boguchar shahrilari orasida yer yuzasiga chiqib yotadi. Yer yuzasida hamma joyda lyossimon qumoqlar va lyosslar uchraydi. Qirlar Rossiya platformasining anteklizidir. Bu hududda tokembriy davri yotqiqizlaridan tashkil topgan platforma poydevori yer yuzasiga yaqinlashadi. Foydali qazilmalari: Kursk magnit anomaliyasi temir rudasi (Mixaylovsk koni), qoʻngʻir koʻmir va boshqalar Qirdan yirik daryolar boshlanadi. Tuprogʻi qoratuproq (shim.da sur tusli oʻrmon tuprogʻi). Hududida Markaziy qoratuproq va Galichya gora qoʻriqxonalari joylashgan. Koʻp qismi haydalgan.