Rubl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

RublRossiya Federatsiyasi pul birligi. 1992 yildan muomalaga kiritilgan. IP. = 100 kopeyka. Xalqaro ifodasi RUR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 34,04 Rubl (2004, 20 yanvar).

Rubl 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar Rossiya imperiyasi, 1919—91 yillarda sobiq SSSR (shu jumladan, 1924—91 yillarda Oʻzbekiston)da amalda boʻlgan. "Rubl" atamasi 13-asrda Novgorodsa grivna [uz. 20 sm, ogʻirligi 200 g ga yaqin boʻlgan kumush quymasining kesilgan (ruscha "rublenniy")] yarim boʻlagi nomi tarzida paydo boʻldi. 1704 yildan boshlab muntazam holda vazni 28 g boʻlgan kumush Rubllar zarb qilina boshlandi, shuningdek, mis va oltin Rubllar ham zarb qilinishi davom etdi. 1843 yildan esa Rubl davlat xazinasining qogʻoz biletlari koʻrinishida chiqarila boshlandi. 1897 yilga kelib oltin Rubl asosiy pul birligiga aylandi va 1914 yilgacha muomalada boʻldi.

Dastlabki Sovet Rubl 1919 yilda kredit bileti sifatida chiqarilgan. Sobiq Ittifoq davrida Rubl banknotlari butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi sifatida toʻliq amal qilgan. Oʻsha davrda Rubl Oʻzbekiston Respublikasining ham rasmiy pul birligi boʻlgan va uning hududida "soʻm" deb nomlangan. SSSR mustaqil davlatlarga boʻlinib ketganidan soʻng Rubl Rossiya Federatsiyasining milliy valyutasi sifatida saqlanib qrldi. 2) Belorussiya Respublikasi pul birligi. 1992 yilda muomalaga kiritilgan. IP. = 100 kopeyka. Xalqaro ifodasi — BYR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 2042 Rubl (2003, may). Ashur Qodirov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil