Sardor Umrzoqov
| Sardor Oʻktamovich Umrzoqov | |
|---|---|
Сардор Уктамович Умурзаков | |
|
| |
|
Mansab davri 2025-yil 14-iyuldan | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan |
|
Mansab davri 2023-yil 17-avgustdan 2025-yil 14-iyulgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari | |
|
Mansab davri 2022-yil 16-iyuldan – 2023-yil 17-avgustgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Zaynilobiddin Nizomiddinov |
| Vorisi | lavozim tugatilgan[1] |
|
Mansab davri 2019-yil 28-yanvardan – 2022-yil 16-iyulgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Jamshid Xoʻjayev |
| Vorisi | Jamshid Xoʻjayev[2] |
|
Mansab davri 2016-yildan – 2019-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
23-oktyabr 1977-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Mukofotlari |
|
Sardor Oʻktamovich Umrzoqov (23-noyabr 1977-yilda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekiston davlat arbobi, 2025-yil 14-iyuldan Oʻzbekiston Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi[3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-yil 23-noyabrda Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkentda tugʻilgan. 1994—1998-yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining „Xalqaro moliya va bank ishi“ fakultetida oliy taʼlim olgan. Bakalavr diplomini olgandan soʻng,1998—1999-yillarda Reading universitet (Buyuk Britaniya) oʻqib, „Bank ishi“ ixtisosligi boʻyicha magistr darajasini olgan.
2000—2003-yillar bank sohasida mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida 2-toifali mutaxassis sifatida boshlagan. Biroz vaqt oʻtgach, u 1-toifali mutaxassis, soʻngra – yetakchi mutaxassis va keyinchalik – Investitsiyalarni boshqarish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarqand boʻlimi boshqaruvchisining oʻrinbosari etib tayinlangan.
2004-yildan 2007-yilgacha Londonda yashab, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining moliyaviy institutlari biznes guruhining katta bankiri lavozimida ishlagan. Buyuk Britaniyadan qaytgach, 2007-yildan 2013-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida rahbarlik lavozimlarni egallagan: Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, soʻngra – boshligʻi, keyinchalik – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2014-yildan 2017-yilgacha – „Oʻzbekcharmpoyabzal“ uyushmasi raisining maslahatchisi. Keyinchalik (2017—2018-yillarda) ushbu uyushmaning Boshqaruvi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Soʻngra, 2018—2019-yillarda „Oʻzbekcharmpoyabzal“ uyushmasi qayta tashkil etilishi natijasida yangidan tuzilgan „Oʻzcharmsanoat“ uyushmasining raisi lavozimida ishlagan.
2019-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Sardor Umrzoqov Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan.
Shuningdek, 2019-yil yanvar oyidan buyon Savdoni tarif va notarif tartibga solish kengashining raisi va Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyasining raisi.
2019-yil avgust oyidan – Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Respublika komissiyasining raisi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi Kengashining raisi, „Oʻzagroeksportbank“ ATB Kengashining raisi, "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi Direktorlar kengashining raisi va „Uzbekinvest International Insurance Company“ xalqaro sugʻurta kompaniyasi (London, Buyuk Britaniya) Direktorlar kengashining raisi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining boshqaruvchisi (bosh ofis – London, Buyuk Britaniya).
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining boshqaruvchisi (bosh ofis – Pekin, XXR).
2019-yilning sentyabr oyidan – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi aʼzosi.
2022-yil 16-iyuldan 2023-yil 17-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari[4].
2023-yil 17-avgustdan 2025-yil 14-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi[5][6].
Ilmiy darajasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Президент администрацияси раҳбари Сардор Умрзоқов ишдан олинди“. Kun.uz (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 17-avgust 2023-yil.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2022/07/16/jamshid-xojayev-tashqi-savdo-vaziri-lavozimiga-qaytdi
- ↑ „Сардор Умурзаков Ўзбекистон президентининг стратегик ривожланиш бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 3-oktabr 2025-yil.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2022/07/16/sardor-umrzoqov-prezident-administratsiyasi-rahbari-boldi
- ↑ „Сардор Умурзаков янги лавозимга тайинланди“. www.sputniknews.uz. Qaraldi: 3-oktabr 2025-yil.
- ↑ „Сардор Умурзаков уходит с поста главы Администрации президента“. Spot.uz (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 17-avgust 2023-yil.

