Erkin Vohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erkin Vohidov
Erkin Vohidov
Tavallud sanasi: 28-dekabr, 1936-yil(1936-12-28)
Tavallud joyi: Fargʻona
Vafot sanasi: 30-may, 2016-yil(2016-05-30)
(79 yoshda) [1]
Vafot joyi: Toshkent
Kasb: Shoir, dramaturg
Faoliyat: 1961-yildan
Janr: Proza, siyosiy romanlar

Erkin Vohidov — taniqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, bir yildan soʻng onasidan ajralgan. Toshkentlik togʻasi Karimboy Sohiboev qoʻlida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali «Yoshlik»ning asoschisi (1982).

U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qoʻmita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda Oʻzbekiston Oliy majlisining qoʻmita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi «Tong nafasi» 1961 yilda chop etildi. Shundan soʻng uning «Qoʻshiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1964), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Yoshlik devoni»(1969), «Charogʻbon» (1970), «Quyosh maskani» (1972), «Tirik sayyoralar» (1978), «Sharqiy qirgʻoq» (1981), «Kelajakka maktub» (1983), «Muhabbat» (1984), «Hozirgi yoshlar» (1986), «Iztirob» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr qilindi. Shoir inson ruhiyatining nozik va ilgʻash mushkul manzaralarini taʼsirchan aks ettiradi. Odamni komil koʻrmoq istagi uning sheʼrlari asosini tashkil qiladi.

Erkin Vohidov rus shoiri Sergey Yeseninning sher'larini buyuk mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

E. Vohidov. Toʻplam[tahrir]

«Nido» (1964), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Charogʻbon» (1970), «Ruhlar isyoni» (1980), «Koʻhinur» (1982) kabi dostonlar yozgan.

«Oltin devor», «Istambul fojeasi», «Ikkinchi tumor» kabi dramalar muallifi. S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin, R. Hamzatov sheʼrlarini, Gyotening «Faust» asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1999 yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.

Nashr etilgan asarlari[tahrir]

Saylanma (4 tomlik). T. «Sharq» nashriyot birlashmasi, 2000—2002. Vaxidov E. Lirika. Tashkent Izd. Lit. i iskusstva. 1970. Vaxidov E. Uzelok na pamyat. Moskva. «Sov. pisatel». 1980.

Ilmiy adabiyotlar[tahrir]

Inogʻomov R. Shoir boʻlish osonmas… — T. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1996. Gʻafurov I. Bedor vijdon. «Oʻttiz yil izhori» kitobida. -T. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1987. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: «Oʻqituvchi», 1999.

Tarjimai xol[tahrir]

Men bir ming toʻqqiz yuz-u oʻttiz oltinchi yilning… yoʻq, men tarjimai xolimni tugʻilgan kunimdan emas, ilgariroqdan boshlashim kerak ekan. Mening dunyoga keliishimning tarixi bunday bulgan: ming toʻqqiz yuz oʻttizinchi yilda toshkentlik yosh ishchi Karimjon yigirma besh mingchilar qatorida kollektivlashtirish ishida qatnashish uchun Fargʻonaning Oltiariq rayoniga safarbar qilinadi. U oilasi — xotini, chaqalok kizi, oʻn besh yoshlik singlisi bilan Oltiariqqa koʻchib boradi. Oʻsha payt Toshkent pedtexnikumining sirtki tolibasi bulgan singlisi Roziyaxon tez orada geografiya oʻqituvchisi diplomini oladi va qishlok maktabida dars bera boshlaydi. Taqdir qizni bu yerda yosh muallim Chuyanboy Voxidovga duch qiladi va bu nikoxdan… Mana endi tarjimai xolimni boshlasam boʻladi. Men bir ming toʻqqiz yuz oʻttiz oltinchi yilning yigirma sakkizinchi dekabrida Fargona oblastining Oltiariq rayonida qishloq oʻqituvchilari oilasida tugʻilganman. Bu oilada birinchi farzand qiz boʻlib, u goʻdakligida zotiljamdan oʻlgan ekan. Ukam Elbursni eslayman. Mendan uch yosh kichik edi. Qizamiq bilan ogʻrib ikki yasharligida oʻlgan.

Otamni Oltiariqning oʻqimishli, obroʻli odamlaridan boʻlgan deb eslashadi. Undan dars eshitgan, shogird bulgan, birga ishlashgan odamlar men har gal qishloqqa borganimda — xozir endi u yer shahar tipidagi rayon — otamning ishlarini, gaplarini xotirlab aytib berishadi, quvnoq, dilkash, soʻzga chechan odam boʻlgan, deyishadi. U tarix muallimi, soʻng partiya, sovet tashkilotlarida ishlagan. Vatan urushining dastlabki yillarida frontga ketib, bosh miyasida oskolka jaroxati va oʻpka shamollash kasali bilan qaytib keldi, ming toʻqqiz yuz qirq beshinchi yilda oʻttiz uch yoshida Toshkentda Olmazordagi kasalxonada vafot etdi. Bir yildan soʻng onam xam dunyodan oʻtdi. Ikki qisqa umrning yolgʻiz yodgori boʻlib men togʻa qoʻlida qoldim.

Urushdan avvalgi davrdan kuz oldimda kolganlari: otam Margilonga ishga tayinlangan edi. Kech kuz yomgir bilan kor aralash yogib turganda Oltiarikdan Margilonga kuchganmiz. Zanjirgildirakli traktorga pritsep ulangan, unga yuklarimiz, shkaf, sandik, kurpa-tushaklar ortilgan edi. Iulda pritsepning gildiragi arikka tushib ketgan va yuklarimiz agdarilgan edi. Men onam, emizikli ukam bilan kabinada xaydovchi yonida utirgan edik…

Tol novdasidan yasab olgan «toychogim»ni minib bilkillagan issik tuprok kuchada chang kutarib chopib yurganlarimni eslayman.

Otam frontda ekanida onam kishlok sovetida sekretar vazifasida ishlar, kiyinchilik bilan kun kechirar edik. Juxori poyasini shimib tilimni konatganim, bolalarga kushilib kunjara eganim uchun onam yuzimga shapalok urgani va uzi kechgacha yiglaganini unutmayman. Uylab karasam, bolalik xotiralarimning kupchiligi sheʼrlarga, dostonlarga kuchgan ekan. «Nido», «Kuyosh maskani» poemalari, «Bolalik», «Oksokol», «Bolalik ekanda…» sheʼrlari usha murgak tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bulgan.

Toshkentda kechgan bolalik va usmirlik yillarimdan kolgan eng yorkin esdaliklar Ostrovskiy nomli pionerlar saroyidagi shoir Gayratiy tugaragi va togamning xonadonida bulib turadigan adabiy suxbatlar bilan boglik. Togam kasbi yurist bulsa xam adabiyot va sanʼatga kizikkan, sheʼriyatni nozik tushunadigan kishi edi. Uyimizga shoir Chustiy, xonandalar aka-uka Shojalilovlar, Maʼrufxuja Baxodirov, keng bilim egasi bulgan olim, tarjimon Alixon Soguniy tez-tez kslib turishar edi. Mening sheʼriyatga kizikishimni sezgan togam bu suxbatlardan meni xam baxramand kilardi. Oddiy pochta xizmatchisi Mulla Shukurjon aka, savdo xodimi Akmalxon akalarning zukko baxslariga maxliyo bulib utirar edim. Ular Xofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini taxlil kilib, xar birlari uzlaricha talkin berib utirishardi. Bu suxbatlar ichkiliksiz, fakat sheʼr va kushik kayfi bilan, askiya zavki bilan muzayyan bulardi. Afsuski, bunday davralar endi kamayib, yukolib bormokda.

Pionerlar saroyidagi adabiyot tugaragiga katnashib yurgan vaktimda «Mushtum» jurnalida birinchi sheʼrim bosildi. Sheʼr tagiga 22-maktab 7 «a» sinf ukuvchisi deb ism-familiyam yozilgan edi. Tugarak xakidagi taassurotim ustoz Gayratiy tugrisida yozgan xotiralarimda bayon kilingan. Ellik beshinchi va oltmishinchi yillarni uz ichiga olgan «oltin davrim» talabalii umrimning unutilmas va uzligimdan yiroklashmas bir kismidir. Bu yillarda birinchi sheʼrlar kitobim «Tong nafasi» yozildi, Sergey Esenin sheʼrlaridan tarjimalar kildim. Yozuvchilar Soyuzining yosh ijodkorlar seminaridagi kizgin baxslar, ulug ustozlar Oybek, Gafur Gulom, Abdulla Kaxxor, Mirtemir, Shayxzodalar bilan ilk mulokot va uchrashuvlar, universitet dargoxidagi adabiy muxit xayotimda uchmas iz koldirdi.

1960 yilda universitetni tugatib «Yosh gvardiya» nashriyotiga ishga kirdim. 1963 yilda badiiy adabiyot nashriyotiga utib, to 1970 yilgacha muxarrir, bulim mudiri vazifalarida ishladim. Bu un yil ichida mening ettita sheʼriy kitobim, Esenin, Ukrainka, Svetlovdan kilgan tarjimalarim bosilib chikdi. Xamza nomli akademik teatrda «Oltin devor» (1969) komediyam kuyildi. Respublika Lenin komsomoli mukofotiga sazovor buldim (1967).

1970 va 1975 yillar orasida buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyotening «Faust» tragediyasini uzbekchalashtirdim. Bu davr ichida xech bir idorada ishlamadim. Bor vaktim, kuchim, imkoniyatimni shu ishga sarfladim. Umuman, jaxon adabiyotidan, rus klassiklari, Sovet adabiyoti namunalaridan kilgan tarjimalarimni torozuning bir pallasiga kuyib, uz asarlarimni boshka pallaga kuysam, tarjimalar ogirlik kilsa ajab emas. Bu mexnat menga adabiy kardoshlik burchini ado etish barobarida bebaxo ijodiy tajriba, katta sabok maktabi xam buldi.

1975 yilda «Yosh gvardiya» nashriyotiga bosh muxarrir urinbosari vazifasiga tapinlangan bulsam, utgan un ikki yil davomida avval usha nashriyotda bosh muxarrir, sung yangi tashkil kilingan «Yoshlik» jurnalida redaktor bulib ishladim, nixoyat Gafur Gulom nomli adabiet va sanʼat nashriyotida direktorlik vazifasini xam ado etdim. Bu davr ichida undan ziyod kitobim bosilib chikdi, respublika Ezuvchilar soyuzining Xamid Olimjon nomli mukofotini, Xamza nomli Uzbekiston davlat mukofotini oldim, «Xalk shoiri» unvoniga musharraf buldim.

Bunday karaganda bitta shoir kilishi mumkin bulgan ishni kilib kuygandekman. Lekin xech kachon uz kilgan ishimdan kunglim tulgan emas. Xamisha yozganimdan yozadiganim muximrok va azizrok tuyuladi. Men ijodiy mexnatni faol jamoat ishlari bilan kushib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo elkamda xis kilaman. Odamlarga fakat sheʼring emas, uzing xam kerakligingni sezish — bu katta baxt. Shuning uchun xam jamoat mexnatidan xech kachon uzimni olib kochgan emasman. Kaynok xayot ichida yashab, ishlab urganganman, gushanishinlik tabiatimga begona.

Tarjimai xolim boricha yozgan sheʼrlarimga, yurgan yullarimga, xastimda uchratgan odamlarga sochilgan. Mana bu ikki satr uylab topilgan emas, balki kungildan chikkan suzlar:

Odamlar, siz mening hayotim,
Har biringiz umrim parchasi.

1987

Havolalar[tahrir]

Rasmiy sahifa

Manbalar[tahrir]