Oʻzbegim (Vohidov asari, 2006)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbegim
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2006
Sahifalar soni 320
ISBN ISBN 978-9943-07-001-1

„Oʻzbegim“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2006-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida kirill yozuvida chop etilgan.

Toʻplamga shoirning turli yillarda yozgan sheʼrlari, jumladan, „Kamtarlik haqida“, „Fuzuliy haykali qoshida“, „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Uchi tuguk dastroʻmol“, „Barcha shodlik senga boʻlsin“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Hozirgi yoshlar“, „Tirik sayyoralar“, „Inson“, „Yaxshidir achchiq haqiqat“, „Qumursqalar jangi“, „Nega yapon yuz yil yashar“ sheʼrlari, Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari hamda „Ruhlar isyoni“ dostonidan parchalar kiritilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Niyozov – muharrir, A. Yoqubjonov – dizayner, M. Olimov – texnik muharrir, M. Sadirov – musahhih. Kitob adadi – 2 000 nusxa.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]