Zamin sayyorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Zamin sayyorasi
Muallif Erkin Vohidov
Janr sheʼrlar va dostonlar
Til oʻzbek
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Nashr etilgan 2014
Sahifalar soni 208
ISBN 978-9943-27-285-9

„Zamin sayyorasi“, toʻliq nomi „Zamin sayyorasi: Poema va sheʼrlar“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2014-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplam asosan muallifning „Tirik sayyoralar“ (1978) hamda „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) sheʼriy toʻplamlariga kiritilgan sheʼrlaridan iboratdir. Toʻplamga „Koʻhinur“ dostonidan parcha hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan.

Toʻplam soʻngsoʻzini Ibrohim Gʻofurov yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Feruza Quvonova – muharrir, Uygʻun Solihov – badiiy muharrir, Surayyo Ahmedova – texnik muharrir, Feruza Botirova – sahifalovchi, Muhabbat Mengnorova – musahhih. Kitob adadi – 5 000 nusxa.