Kontent qismiga oʻtish

Alixontoʻra Sog‘uniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alixon Sogʻuniydan yoʻnaltirildi)
Alixontoʻra Sog‘uniy
Tavalludi 21-mart, 1885-yil
To‘qmoq shahri, Turkiston
Vafoti 28-fevral 1976-yil(1976-02-28)
(90 yoshda)
Toshkent, O‘zSSR
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi Olim, tabib
Unvoni Marshal
Bolalari Asilxon Alixontoʻra oʻgʻli
Otasi Shokirxonto‘ra

Alixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻli Sogʻuniy (21-mart, 1885-yil, Toʻqmoq – 28-fevral, 1976-yil, Toshkent) – Turkistonning atoqli olimi va adibi, Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali.

Alixontoʻra Sogʻuniy 1885-yil 21-martda Turkiston oʻlkasining Toʻqmoq (hozirgi Qirgʻiziston) shahrida tugʻilgan. Toʻqmoq shahrining qadimgi nomi „Bolasogʻun“ boʻlgan boʻlib, „Sogʻuniy“ taxallusi shu nom bilan bogʻliq. Alixontoʻraning otasi (asli Andijonlik) Shokirxontoʻraning 3 oʻgli bor, Alixontoʻra esa ikkinchi(oʻrtancha) oʻgʻil edi. Ikki marta (1905-1924) Makkaga haj qilgan. Shokirxontoʻra davrining oʻqimishli kishisi boʻlgani uchun oʻgʻlini Saudiya Arabistonining Madina shahriga oʻqishga yuboradi. Keyinchalik u tahsilni Buxorodagi Mir Arab madrasasida davom ettiradi. Yaxshi bilim olgan Alixontoʻra ulugʻ olim va siyosiy arbob boʻlib yetishadi. Tafsir, hadis, fiqh ilmlari bilimdoni, maʼrifatparvar va taqvoli zot edi. 19151923-yillarda Buxoro madrasasida Islom dinidan dars beradi. 6 oʻgʻil, 2 qizning otasi.[1]

Ijtimoiy-siyosiy harakatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatan zakovatli, ziyrak, yangilikka oʻch boʻlgan yosh Alixontoʻra Turkistonga qaytib kelganidan keyin yurtdagi ijtimoiy-siyosiy faoliyatga aralashib ketadi. Mustabid bosqinchilarning mahalliy aholi vakillarini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqani uchun yosh Alixontoʻra 1914-yil rus podshohining maxfiy politsiyasi nazoratiga tushib qoladi. 1916-yili xalq qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach, u mamlakatda qolish xavfliligini sezib, siyosiy muhojir sifatida Qashqarga (Xitoy) ketishga majbur boʻldi.

Yoshligi

Keyinroq Sharqiy Turkistonning boshqa bir yirik shahri Gʻuljaga boradi. Gʻuljada u Qur’on tafsiri hamda tabiblik bilan shugʻullanadi. Alixontoʻra musulmon aholi orasida mashhur boʻlib, Gʻuljaning „Beytulla“ masjidining imomi boʻlib faoliyat yuritadi. 1937-yilda u xalq orasida yurtni bosqinchilar zulmidan ozod qilish gʻoyalarini faol targʻib qilgani sababli 1937-yili Xitoy maʼmurlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi va mahalliy nufuzli diniy arboblarning aralashuvi bilan 1941-yilda adliyaviy taftish natijasida qamoqdan ozod qilinadi.

Ozodlikka chiqqanidan keyin u Xitoyga qarshi yashirin harakatlarda faol ishtirok etdi. 1943-yilda u „Sharqiy Turkiston Ozodligi Tashkiloti“ni tuzdi. Tashkilot tarkibiga Ili viloyatining nufuzli shaxslari: Rahimjon Sobirxajiyev (tatar), Abdukarim Abbosov (tatar), Abdurauf Maxsum (Uygʻur), Muxitdin (Uygʻur), Purdunbek (Uygʻur), Muhammadjon Maxsum (Uygʻur), Umarjanbay (Uygʻur), Solihjonboy (Oʻzbek)lar kiradi. 1943-yilda Nilka viloyatida Gʻani Mametbakiev, Fotih Muslimov va Akbar boshchiligidagi tub aholi qoʻzgʻoloni koʻtarialdi. Gʻulja qoʻzgʻolonchilar tomonidan qamal qilinganda shahardagi qoʻzgʻolonga Alixontoʻraning tashkiloti boshchilik qiladi.1944-yil 12-noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati eʼlon qilinib, Alixontoʻra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qoʻshinni tuzish, uni qurollantirish va tarkibini mustahkamlash ishining tashabbuskori sifatida qoʻshin bosh qoʻmondoni etib tayinlandi va unga „marshal“ oliy harbiy unvoni beriladi.

Sogʻuniy (Egnida oq toʻn va boshda qora doʻppili) va hamrohlari

Alixontoʻra boshliq Sharqiy Turkiston fidoyilari yurtni Xitoy zulmidan ozod qilish uchun umumxalq kurashini boshlab yuborishadi. 1944-yil 7–10-noyabrda Gʻuljada musulmon sharqiy turkistonliklarning qurolli qoʻzgʻoloni gʻalaba qozonadi. Xitoy va Sovet davlati oraligʻidagi katta bir hududda uygʻur, qozoq, oʻzbek, qirgʻiz, tatar va doʻngan xalqlarini mustahkam ishonch va diniy birodarlik asosida birlashtirgan Sharqiy Turkiston jumhuriyatini barpo etish harakati boshlanib ketadi. Xitoyning Chankayshi va gomindanchilardan iborat yuz ming kishilik armiyasi ketma-ket boʻlgan shiddatli janglarda tor-mor etiladi. 1946-yil 28-iyulda Alixontoʻra sovet maxfiy xizmatlari tomonidan oʻgʻirlab, yashirincha SSSRga (Toshkent, Oʻzbekiston SSSR) olib ketilib, u yerda umrining oxirigacha uy qamogʻida saqlangan. Alixontoʻra tarixiy meʼmorlik obidalari va qadimiy qoʻlyozmalarni saqlab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan.[2]

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarjima qilgan asarlari:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
  1. Alixonto‘ra Sog‘uniy; Qutlug‘xon Shokirov. Tarixi Muhammadiy (O‘zbek). Toshkent: "Munir" nashriyoti, 2021 — 720-bet. ISBN 978-9943-6946-3-7. 
  2. Yoqubjon Xo‘jamberdiyev. Alixonto‘ra Sog‘uniy (O‘zbek). Toshkent: "Azon kitoblari" nashriyoti, 2021 — 628-bet. ISBN 978-9943-7272-7-4. 
  3. Alixonto‘ra Sog‘uniy. Turkiston qayg‘usi (O‘zbek). Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2021 — 496-bet. ISBN 978-9943-6613-8-7. 
  4. Alixonto‘ra Sog‘uniy. Baxtlik nedur? (O‘zbek). Toshkent: "Munir" nashriyoti, 2021 — 116-bet. ISBN 978-9943-7160-8-7. 
  1. Oʻzbek imomlari
  2. Ziyo sayti
  3. [1]
  4. [2] (Wayback Machine saytida 2012-03-07 sanasida arxivlangan)

{{