Yaxshidir achchiq haqiqat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yaxshidir achchiq haqiqat
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1992
Sahifalar soni 95
ISBN ISBN 5-86484-059-9

„Yaxshidir achchiq haqiqat“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1992-yil Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallif 1980-yillar oxiri, 1990-yillar boshida yozgan sheʼrlar kiritilgan.

Xoji Abdullo Orif toʻplamga muharrirlik qilgan va uning kirish soʻzini yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Sobirova – texnik muharrir, M. Nazirova, Sh. Aminova – musahhihlar. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]