Yoshlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"YOSHLIK" — yoshlarning ijtimoiyadabiy jurnali. Toshkentda oyda 1 marta chiqadi. Muassislari: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati. Dastlab 1982 y. tashkil etilgan. 1991 y.da hozirgi nom bilan qayta tiklandi. Jur. yosh isteʼdodlarni kashf etish, oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini eʼlon qilish borasida bir qator xayrli ishlarga qoʻl urdi. Jur. sahifalarida yangi badiiy asarlar bilan bir qatorda bugungi yeshlarning orzuumidlari, oʻytashvishlari, maʼnaviyati, dunyoqarashlari haqida baqs yurituvchi maqolalar va suhbatlar muntazam berib boriladi. Muharriri — Abduqayum Yoʻldoshev (1999 y.dan). "YO."da turli davrlarda Erkin Vohidov, Omon Matjon, Gʻaffor Hotamov. Tohir Malik, Sobir Oʻnar muharrirlik qilishgan. Adadi 10000 (2002).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil