Kontent qismiga oʻtish

Shohruxxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shohruxxon
Tavalludi
Shohrux Alisherovich Yoʻldoshev

1985-yil 29-may (1985-05-29) (41 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Qoʻshiqchi va aktyor
Boʻyi 163 sm
Faoliyat yillari 2004-bugun
Yoʻnalish pop
Mukofotlari

Shohrux Alisherovich Yoʻldoshev (1985-yil 29-mayda tugʻilgan) — oʻzbek film aktyori va qoʻshiqchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1]. Tinglovchilari orasida Shohruxxon nomi bilan mashhur. Oʻzbek va rus tillarida qoʻshiq kuylaydi .

Shohrux Yuldashev Alisherovich 1985-yil 29-mayda Toshkentda tugʻilgan[4]. Shohruxxon bolaligidan Ozodbek Nazarbekovning „Seni koʻrdim qaydan ham“ qoʻshiqlarini kuylab yurgan.

Bahor faslining soʻnggi kunlarida, yaʼni 29-mayda oʻziga xos ijodiy yutuqlarga erishib kelayotgan ham xonanda ham aktyor Shohruxxon oʻzining tavallud ayyomini nishonlaydi. Oʻtayotgan yilda Shohruxxon oʻzining navbatdagi konsert dasturini muhtasham „Istiqlol“ sanʼat saroyida taqdim etdi. Shu bilan birga rejissor Zebo Navroʻzovaning „Quvgʻin“ filmida oʻziga xos obrazni talqin qildi. Shohruxxonning muxlislari uning ijrosidan koʻngillari toʻlganini taʼkidlab oʻtishdi. Yil soʻnggida esa xuddi shu rejissor „Yigitlar“ filmini ham keng ommaga havola etdi. Bu filmda Shohruxxon faqatgina saundtrek yaratish bilan cheklandi…

Ijrochining Apple Music’dagi asosiy yorligʻi — RizaNova; 2025-yil noyabrida albom va singllar katalogi Xon Music yorligʻi ostida qayta chiqarilgan. Apple Music katalogida toʻqqizta studiya albomi (161 trek) va taxminan yetmishta alohida singl mavjud (katalog toʻliq boʻlmasligi mumkin)[9]. „Osiyo Plyus“ nashri uni „Markaziy Osiyoning vatanida ham, undan tashqarida ham tanilgan 10 xonandasi“ reytingiga kiritgan (2021): nashr uning lirik va raqsbop kompozitsiyalarini, Oʻzbekiston tashqarisidagi mashhurligini hamda Shahzoda bilan duetlarini, jumladan „Allo“ va „Kel“ qoʻshiqlarini qayd etadi[10]. 2016-yilda xonanda „Vahshiy“ filmi uchun saundtrek ijro etgan[11]. 2026-yil may oxirida „Lola“ qoʻshigʻi va klipi taqdim etilgan[12]. Xonandaning rasmiy YouTube kanali 2013-yil iyulida ochilgan; 2026-yil 18-oktabr holatiga unda 298 ming obunachi, 283 ta video va taxminan 304 million koʻrish mavjud[13].

Studiya albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
YilNomiTreklar soni
2012„Moda (Avtobus Bekatda)“23
2013„Sen Ketma“21
2014„Zo'rsan“20
2015„Men Seni Sevaman“24
2016„Yulduzlar“19
2017„Shaydo“14
2019„Yurak“13
2021„Oddiy Bola“17
2022„Ey Yor“10

Dastlabki albomlarning chiqish yillari Apple Music maʼlumotlari asosida keltirilgan; birinchi nashrlar ilgariroq boʻlgan boʻlishi mumkin.

Yil Qoʻshiq Rejissor
2006 „Sms“
„Nigorim“
„Senda edi qalbim“
„Sensiz“
„Moda“
2007 „Boʻrilar“ (Shahriyor bilan)
„Qalam qoshli“
„Aprel-may…“
„Yana sogʻinay“
2008 „Quvgʻin“ (Shahriyor bilan)
2009 „Leylam“
„Parvona“
2010 „Cancion Del Mariachi (Los Lobos qoʻshigʻiga kaver)“ (Ulugʻbek Rahmatullayev bilan)
„Gulilolam“ Nozim Jumayev
„Keldim“
„Dajonam“ Nozim Jumayev
„Manzillar“ (Dineyra bilan) Nozim Jumayev
2011 „Muhabbatnoma“ Nozim Jumayev
Narimon Sultonxoʻjayev
„Chorla“ Narimon Sultonxoʻjayev
„Soʻnggi qoʻngʻiroq“
„Qasos“ (Shahnoz bilan)
„Zoʻrsan“
„Alvido“ Nozim Jumayev
Nurimon Sultonxoʻjayev
2012 „Yigʻlar osmon“(Lola bilan)
2013 „Shoshma“ (Shahzoda bilan) Sarvar Isaev
2014 „Mening qoʻshigʻim“ Baxtiyor Latifxoʻjayev
Rustam Murodov
Yolqin Toʻychiyev
„Qoʻgʻirchoq“ Yodgor Nosirov
„Men seni sevaman“ Timur Primqulov
„Mening qoʻshigʻim“
2015 „Yulduzlar“ Yodgor Nosirov
„Komila qiz“(Muhriddin Xoliqov qoʻshigʻiga kaver) Sarvar Isaev
„Arazlama“
2016 „Yigʻlama“
„Darak yoʻq“
„Yaxshi koʻraman“
„Allo“ (Shahzoda bilan) Leibniz
„Aldamadim“ Rustam Murodov
Dilmurod Agzamov
2017 „Yigʻlama muhabbat“ (Shahriyor va Jahongir Foziljonov bilan) (Shuhrat Hakimov qoʻshigʻiga kaver)
„Parizod“ (Muhriddin Xoliqov qoʻshigʻiga kaver)
„Yoningdaman“ Dilmurod Agzamov
„Jonim dadam“
„Menga farqi yoʻq“
2018 "Malikam"
"Yoningdaman"
"Ayamay"
2020 "Unamaydi"
"Achinmayman"
"Yurak"
2021 "Tik-Tok"
"Devona"
"Oddiy bola"
2022 "Telba"
"Kino" Nurimon Sultonxoʻjayev
"Barpo etaman"
"Qahramon"
Yil Konsert nomi Konsert zali Kunlari
2012 Zoʻrsan Xalqlar doʻstligi saroyi 12,13oktabr
2014 Sen ketma 15,16-fevral
2015 Men seni sevaman 15,16,17-fevral
2016 Yulduzlar 23,24,26-may
2017 "Shaydo" 11,12,13-fevral
2018 Yoningdaman 9,10,11,12,13-fevral
2019 Shou 9,10,11,12,13,14-fevral
2020 SHOU 8,9,10,11,12,13-fevral
2023 "Ey yor" 9,10,11,12,13,14-fevral
2024 "Hello" 9,10,11,12,13,14-fevral
2026 "Love" 26,27,28,29,30-mart


Konsertlar haqida qoʻshimcha maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2016-yil — yakkaxon konsert (koʻp kunlik dastur, 23-maydan boshlab)[14].
  • 2017-yil oktyabr — paxta terimi mavsumida paxta dalasida konsert[15].
  • 2023-yil 19-avgust — Samarqanddagi Silk Road Samarkand majmuasida konsert[16].
  • 2024-yil fevral — Sevishganlar kuniga bagʻishlangan konsertlar, unda xonanda mini-film va yangi qoʻshiqni namoyish etgan[17].
  • 2025-yil 21-dekabr — Toshkentdagi „Humo Arena“da „Xalq korporativi“ yangi yil shousida ishtirok etgan[18].
  • Afisha maʼlumotlariga koʻra, Rossiya tomoshabinlari oldida birinchi chiqishi 2017-yilda Moskvada boʻlgan, keyinchalik gastrollar Novosibirsk, Yekaterinburg, Samara va Sankt-Peterburgda oʻtgan[19].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film
Yil Film Rol Izoh
2006 Romeo va Julʼetta yoxud laʼnatlangan sevgi Ravshan / Romeo
Yarim baxt Shohruxxon
Voy dod sumalak Shohruxxon Musiqiy film
2007 Aprel-may…
Boʻrilar Baxtiyor
2008 Quvgʻin Baxtiyor
2009 Shaharlik olifta
2010 Oxirgi qarz Baxtiyor
Ada emas, dada! (Tohir va Zuhra 2 yangi talqin) Shohruxxon Musiqiy film
Sogʻinch Ozod
2012 Erka kuyov Toshpoʻlat
2013 Yor-yor qani? Shohruxxon
Sen ketma Shohruxxon
2017 Sayl Shohruxxon Musiqiy film
  1. ↑ „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. www.president.uz. Qaraldi: 2026-yil 22-avgust.
  2. ↑ „Итоги Узбекского «Оскара»“. Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  3. ↑ „Вручены премии M&TVA-2011“ (2011-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  4. ↑ Xonanda Shohruxxon aktrisa Asal Shodiyeva bilan oila qurdi[sayt ishlamaydi]daryo.uz
  5. ↑ va Asal Shodiyeva yangi oilaviy fotosuratlarini taqdim etdi (foto)[sayt ishlamaydi]daryo.uz
  6. ↑ Xonanda Shohruxxon aktrisa Asal Shodiyeva bilan oila qurdi[sayt ishlamaydi]daryo.uz
  7. ↑ Shohruxxon pokazal pervuyu vstrechu s novorojdennim sinom — video uz.sputniknews.ru
  8. ↑ Shohruxxon pokazal pervuyu vstrechu s ego novorojdennim sinom — videorepost.uz
  9. ↑ „Shohruhxon“. Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  10. ↑ „ТОП-10 певцов Центральной Азии, которых знают не только на Родине“ (2021-yil 30-may). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  11. ↑ „Shohruhxon “Vahshiy” filmiga saundtrek kuyladi“ (2016-yil 23-aprel). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  12. ↑ „Shohruhxon's new song "Lola" captures fans' attention“ (2026-yil 31-may). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  13. ↑ „Shohruhxon — rasmiy kanal“. Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  14. ↑ „Bugun xonanda Shohruhxon konsertining ilk kuniga start beriladi“ (2016-yil 23-may). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  15. ↑ „Shohruhxon paxta dalasida konsert berdi, boshka san’atkorlarchi? (Video+foto)“ (2017-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  16. ↑ „Концерт Шохруххона в Самарканде“ (2023-yil 2-avgust). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  17. ↑ „Мини-фильм и трек: как прошел концерт Шохруххона, приуроченный ко Дню всех влюбленных“ (2024-yil 11-fevral). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  18. ↑ „Xalq korporativi“ (2025-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.
  19. ↑ „Шохруххон“. Qaraldi: 2026-yil 18-oktyabr.