Yoshlik devoni
Jump to navigation
Jump to search
Muallif | Erkin Vohidov |
---|---|
Janr | sheʼrlar |
Til | oʻzbek |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti |
Nashr etilgan sanasi | 1969 |
Sahifalar soni | 146 |
„Yoshlik devoni“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1969-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning aruz vaznida yozilgan sheʼrlari kiritilgan.
„Yoshlik devoni“ toʻplamnini shoir Abdulla Oripov yuqori baholagan:
“ | „Yoshlik devoni“ni oʻqir ekansiz, shoir qalbidan sizib chiqayotgan maʼsum tuygʻular goʻyo sirli, sehrli soʻzlarga aylanadi. Shoir ukparday mayin bu soʻzlarni toʻzgʻitib oʻynaydi-yu, ulardan goʻzal, oʻynoqi ohanglar yaratadi, soʻngra esa ular asta oʻrni-oʻrniga tushadi, xuddi dastgohdan chiqayotganday, quyma, betakror satrlar paydo boʻlayotganday taassurot qoldiradi kishida:
Tun bilan yigʻlabdi bulbul, Ona tilimizdagi ipakdek mayin, kamalakdek rangbarang, gʻoyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum uygʻotuvchi tashbehlar, oʻtkir xulosalar bular bari ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror fazilatlardir.[1] |
” |
Manbalar[tahrir]
- ↑ Gʻulomova, Nazira (2014). Ona tili va adabiyot. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi.
Havolalar[tahrir]
![]() |