Zulayho Boyxonova
Zulayho Boyxonova | |
|---|---|
| Fayl:Zulayho Boyxonova.jpg | |
| Tavalludi |
Boyxonova Zulayho Muhammadovna 28-aprel 1964-yil |
| Kasbi | Xonanda |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Mukofotlari |
|
| Veb-sayt | http://zulayho.uz |
Zulayho Boyxonova (28-aprel, 1964-yil, Namangan viloyati, Uychi tumani) – aktrisa, xonanda (lirik soprano). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1996), Oʻzbekiston xalq artisti (2003).
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boyxonova Zulayho Muhammadovna 28-aprel 1964-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan. 1980-yil maktabni tugatib, 1981-yil Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining musiqali drama fakultetiga oʻqishga kirdi. 1986-yil oliygohni bitirib, "Muqimiy" nomidagi oʻzbek davlat musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatr sanʼatidagi xizmatlari va takrorlanmas ijodi uchun 1996-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga, 2003-yil esa Oʻzbekiston xalq artisti unvoniga ega boʻldi. 2005-yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan „Sahnamiz farishtasi“ nomi bilan taqdirlandi.
Xonanda hozirgi kunda ustozi Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida „Ofarin“ ansamblining xonandasi boʻlib ishlaydi.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nurxon (Komil Yashin, Toʻxtasin Jalilov, „Nurxon“) – uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Zulayho Boyxonova teatrda sahnalashtirilgan deyarli barcha spektakllarda bosh rollarni ijro etib tanildi:
- Zulayho (Ramz Bobojon, F.Olimov, „Yusuf va Zulayho“);
- Nodirabegim (T.Toʻla, F.Olimov, „Nodirabegim“);
- Barchinoy (U.Azim, B.Lutfullayev, „Quduq tubidagi faryod“);
- Oyjamol (R.Maʼdiyev, B.Lutfullayev, „Taqdir“);
- Umida (R.Maʼdiyev, F.Olimov, „Devona“)
- Shirin (Xurshid, Yunus Rajabiy, „Farhod va Shirin“) va boshqa boshqalar.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Nomi | Shoir | Bastarkor | Izoh |
|---|---|---|---|---|
| Samarqand Ushshogʻi | ||||
| Fargʻona tong otguncha | ||||
| Gar sogʻinsam | ||||
| Boylandilar | ||||
| Oʻzga yor yoʻqdir | ||||
| Kechalar | ||||
| Unutma | ||||
| Ovoramiz | ||||
| Holat | ||||
| Tushimda koʻrsam edi | ||||
| Sogʻindim | ||||
| Yo Rab | ||||
| Ey doʻst | ||||
| Salomatlik kerak | ||||
| Ey koʻngil | ||||
| Alla | ||||
| Ehtiyoj | ||||
| Shahloga tushdi | ||||
| Bibixonim | ||||
| Hanuz | ||||
| Boʻlmasa-boʻlmas | Gadoiy[1] |
U shuningdek, telenovella („Izhor“da Zulayho), videofilm („Yusuf va Zulayho“da Zulayho, „Koʻngil koʻchalari“da Unsin, „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Bonu va boshqalar)larda ham suratga tushgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |