Kuz saxovati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saylanma. Kuz saxovati. 3-jild
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar va sheʼriy drama
Nashriyot „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2016
Sahifalar soni 346
ISBN ISBN 978-9943-26-196-9
Avvalgisi „Yoz harorati“
Keyingisi „Qish halovati“

„Kuz saxovati“, toʻliq nomi „Saylanma. Kuz saxovati. 3-jild“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Bahor tarovati“, „Yoz harorati“, „Qish halovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning uchinchi jildi. 2016-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, uchinchi jild kuz fasli va oʻrta yoshdagi umrga bagʻishlangan.[1]

Toʻplamga Matmusa obrazi haqidagi „Donishqishloq latifalari“ turkumidagi hazil sheʼrlar, shoirning boshqa hajviy sheʼrlari hamda „Istanbul fojiasi“ sheʼriy dramasi kiritilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Saylanma 3-jild. Kuz saxovati, IPAK „Sharq““. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]