Muhabbatnoma (Vohidov asari)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhabbatnoma
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar va dostonlar
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1986
Sahifalar soni 525
Keyingisi „Sadoqatnoma“

„Muhabbatnoma“, toʻliq nomi „Saylanma: Muhabbatnoma“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. „Muhabbatnoma“ hamda „Sadoqatnoma“ asarlaridan iborat „Saylanma“ ikki jildli sheʼriy toʻplamining birinchi jildi.[1] 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning 1975-yilggacha yozilgan sheʼrlari va dostonlari kiritilgan. Asar boshida Ibrohim Gʻofurov yozgan soʻzboshi keltirilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Kenjaboyev – muharrir, G. Jirnov – rassom, N. Karpuzas – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Saylanma“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.