Oʻzbegim: Sheʼrlar
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | [Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2005 |
Sahifalar soni | 128 |
„Oʻzbegim: Sheʼrlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2005-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi lotin yozuvida chop etilgan.
Toʻplamga shoirning 1953-yildan 1996-yilgacha yozilgan sheʼrlari, jumladan, „Oʻzbegim“ va „Inson“ qasidalari hamda Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari kiritilgan. Kitobda eʼtirof etilishicha, unga kiritilgan sherlarni Vohidovning oʻzi saralab bergan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Minhojiddin Mirzo, Erkin Malik — muharrirlar, Anvar Masalxoʻjayev — rassom, Gulchehra Shoabduraximova — badiiy muharrir, Raʼno Boboxonova — texnik muharrir, Nodira Oxunjonova — musahhiha. Kitob adadi — 10 000 nusxa.