Vazir (qalʼa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VazirXorazm vohasining oʻrta asr shahar-qalʼalaridan biri. Tarixiy manbalarga koʻra, shayboniylardan Mustafoxon tomonidan 15-asr oʻrtalarida asos solingan. Koʻhna Urganchdan 60 km masofada. Shayboniylarning Xorazmdagi mulki markazi. 15-asr Da Husayn Boyqaroga qarshi koʻtarilgan xalq harakati markazi. 16-asr da Eron shohi Ismoil I Safaviy istilosiga qarshi V. da koʻtarilgan harakat Xorazm mustaqilligini tikladi. Xonlik taxtiga Burka Sulton oʻgʻli Elbars oʻtqazilishi bilan Xorazmda 200 y. hukmronlik qilgan shayboniylar sulolasiga asos solindi. Shayboniy sultonlarning 16-asr dagi oʻzaro kurashlarining kuchayishi V. ning vayron boʻlishiga olib keldi. Mas., 1537 y. da Buxoro xoni Ubaydullaxon, 159398 y. larda Abdullaxon Xorazmga bir necha marta yurish qilib, V., Hazorasp qalʼalarini vayron qildi. Shuning uchun ham 17-asr da Abulgʻoziy Bahodirxon xonlik markazini Yangi Urganchga oʻtkazib, V. aholisini ham koʻchirtirib keltirdi. Anushaxon davrida, taxminan 1681 y. ga kelib V. va Kat sh. lari kimsasiz huvillab qoldi. Arxeologik qazishlar natijasida Devkeskan kalʼada V. harobalari topilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil