Efirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efirlar — tarkibida kislorod boʻlgan organik birikmalar. Ular 2 guruhga: oddiy E. (K — O —K1) va murakkab E. (K SOO K1) ga boʻlinadi (bu yerda K va K1— SN3; S2N5; S3N7; S6N5kabi organik radikallar).

Oddiy E.ga suv molekulasidagi 2 vodorod oʻrnini bir valentli uglevodorodlar radikallari almashgan moddalar sifatiga qaraladi (mas, dietilefir S2N5—O—S2N5). Agar E. tarkibidagi radikallar turlicha boʻlsa, ular aralash efirlar deyiladi (mas, metilpropil efir SN3—O— S3N7). Tabiatda fenil va naftil E. uchraydi.

Yogʻ qatori E.i, odatda, rangsiz suyuqliklar boʻlib, suvdan yengil, tegishli spirtlardan pastroq trada qaynaydi. Aromatik qatorning oddiy E.i hisoblangan difenil E. va naftil qatori E.i, odatda, qattiq moddalardir. Oddiy E. organik erituvchilarda yaxshi eriydi, quyi oddiy E. suvda oz eriydi. Oddiy E. sanoat miqyosida spirtlarga sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Sanoatda erituvchi sifatida keng qoʻllanadi. Ulardan plastifikatorlar, xushboʻy moddalar sintez qilinadi, organik sintezda yarim xom ashyo sifatida foydalaniladi.

Murakkab E.da uglevodorod radikali kislorod atomi orqali anorganik yoki organik kislotalar bilan birikkan boʻladi. Bularga sirka etil efir (etilatsetat) yoki nitrit kislotaning etil efiri (etilnitrit) misol boʻla oladi. Murakkab E. tabiatda yogʻlar va vosklar sifatida uchraydi. Fosfat kislota E.i inson va hayvonlarda moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Murakkab E.ning aksariyati suvda erimaydigan, zichligi suvnikidan kichik, meva hidiga ega suyuqliklardir. Bular, asosan, eterifikatsiya usuli bilan olinadi. Murakkab E.ga sovunlanish reaksiyalari tavsiflidir. Quyi murakkab E. (etilatsetat) erituvchilar sifatida, oʻrtalari (nok essensiyasi) oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Sulfat kislota E.i organik sintezda, nitrat kislota E.i (nitroglitserin) esa portlovchi moddalar sifatida qoʻllanadi.