Feromon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feromon (yun. phero — eltaman, olib boraman va hormao — harakatga keltiraman, qoʻzgʻataman), x,asharotlar feromonlari — hasharotlar atrof muhitga chiqaradigan biologik faol moddalar, jinsiy attraktantlar. Hasharotlar jinsiy F. chiqarish bilan turli jinslarning bir-birini oʻzaro "topishishi"ni, jinsiy maylni, jalb qilish F.i bilan cheklangan maydonda juda koʻp hasharotlar toʻplanishini taʼminlaydi, "xavfxatar" F.i qochish, berkinish, hujumkorlik harakatlariga sabab boʻladi. Hozirgi gacha turli hasharotlarning 300 dan ortiq F.i oʻrganilgan. Ular asosida juda koʻp sintetik F.lar yaratilgan.

F. hasharotlar harakatini boshqarishda samarali vosita hisoblanadi. Ulardan ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurashda feromon tutqichlar tarzida foydalaniladi. Sintetik F. zararkunanda hasharotlar sonini hisobga olish va prognozlashda, zararkunandalarni jalb etib, soʻngra ularni yoʻqotishda qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Minaylo V. A., Pyatnova Yu. B., Feromoni nasekomix, M., 1984.

Abdukarim Zikiryoyev.