Feyxoa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Feyxoa (ispancha Feijoa) — mirtadoshlarga mansub doim yashil butalar va daraxtlar turkumi. Jan. Amerikaning subtropik hududlarida 2 turi usadi. 1turi — F. Sellova (F. sellowiana) subtropik iqlimli mamlakatlarda, jumladan, Gruziya va Qrimning jan. sohillarida oʻstiriladi. Boʻyi 3 m, shoxshabbasi yoyiq, qalin. Barglari butun, qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli. May oyida gullaydi. Mevasi toʻq yashil rezavor, eti sershira, xushboʻy, tarkibida qand, pektin, olma kislotasi, yod bor.Okt.noyab.da pishadi, yangiligida yeyiladi. Murabbo va vino tayyorlanadi. Urug'idan, kalamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Bogʻ, xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirishda foydalaniladi. Hosildorligi 60—90 s/ga.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]