Gidroliz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidroliz (gidro... va yun. lysis —ajralish, parchalanish) —moddalar bilan suv oʻrtasida oʻzaro taʼsir natijasida turli birikmalar (kislota, asos va b.) hosil boʻlishi, jumladan (tuzlarda) ion almashinuv reaksiyasi. G.ni qoʻyidagi umumiy tenglama bilan koʻrsatish mumkin: A-V+N-ON "± A-N+V-ON, bu yerda A—V —gidrolizlanuvchi modda (tuz), A—N (kislota). V—ON (asos) — gidroliz mahsuloti. G. anorganik va organik birikmalarda koʻp tarqalgan muhim jarayondir. G. tuzlar, uglevodlar, oqsillar, efirlar, yogʻlar va b. turli sinfga mansub birikmalarda uchraydi.

Tuzlar gidrolizlanishi massalar taʼsiri qonuniga boʻysunadi. Koʻpchilik hollarda tuzlar gidrolizi qaytar reaksiyadir. G. natijasida erimaydigan yoki yengil uchuvchan modda hosil boʻlsa, reaksiya tuz butunlay parchalanguncha davom etadi. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan tarkib topgan tuzlar gidrolizlanganda eritma ishqoriy muhitli boʻladi:CH,COONa+HOH# <± CH,COOH+Na++OHKuchsiz asos bilan kuchli kislotadan tarkib topgan tuzlar gidrolizlanganda esa eritma kislota muhitli boʻladi:NH4C1+HOH <± NH4OH+H+C1.

Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan tarkib topgan tuzlar toʻla G.ga uchraydi:A12S3+6H2O=2A1(OH)3+3H2ST 2Ar+3S2-+6H2O=2Al(OH)3+3H2St.

Kuchli kislota va kuchli asosdan tarkib topgan tuzlar G.ga uchramaydi,ularning suvdagi eritmalari neytral boʻladi. Muhitning kislotali yo ishqorli boʻlishini taʼminlaydigan bufer eritmalar G. tufayli mavjud boʻla oladi. Bunday eritmalarning fiziologik ahamiyati ham juda muhim — organizmning normal hayot faoliyati uchun N+ ionlari doim birday konsentratsiyada boʻlishi zarur. Yer poʻstining bir qancha geologik oʻzgarishlari, minerallar hosil boʻlishi va tuproqning shakllanishi tuzlarning gidrolizlanishiga bogʻliq.

Tuzlarning gidrolizlanishi kimyo sanoatidagi koʻpgina muhim jarayonlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Organik birikmalarning gidrolizlanishi — ularning suv taʼsirida parchalanib ikki yoki undan ortiq modda hosil qilishi demakdir. Organik moddalar aksari kislota yoki ishqorlar ishtirokida gidrolizlanadi. Yana q. Gidroliz sanoati.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil