Sariyogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sariyogʻ — asosan, sigir suti qaymogʻidan olinadigan oziq-ovqat mahsuloti. Biologik xususiyati, taʼmi va sifati jihatidan boshqa yogʻlardan ustun turadi, inson organizmida yengil (95% gacha) hazm boʻladi. Tarkibida sut yogʻi kamida 72—82,5% (eritilgan S.da 98—99%) ni tashkil etadi, yogʻ kislotalari majmui, fosfatidlar va yogʻda eriydigan vitaminlar, sutda boʻlgan oqsil, uglevodlar, ayrim suvda eriydigan vitaminlar, mineral moddalar va suv bor. 18—23° da qotadi, 27—36° da eriydi. S. eritilmagan va eritilgan xillarga boʻlinadi. Ilgari S. kuvda pishib olingan. Sanoatda eritilmagan S, asosan, 2 usulda: 30—45% li qaymoqni quvlab va seryogʻ qaymoqni qayta ishlab tayyorlanadi. Kuvlab olinadigan S. qaymogʻi 85—90° da pasterlanadi (qarang Pasterizatsiya), soʻngra 4— 8° gacha tez sovitiladi. Natijada sut yogʻi diametri 1–3 mm li donalarga ajraladi, ulardan yogʻsiz qismi ajratilgach, tayyor S. presslanadi. S ye r yo gʻ (80% gacha) qaymoqdan S. ishlab chiqarishda pasterlangan qaymoq bosim ostida moy ajratkichga uzatiladi, unda jadal aralashtirib turiladi va 12— 14° gacha tez sovitiladi. Pasterlangan qaymoqqa qand, kakao va vanilin kabi xushboʻy moddalar (shokoladli S), tabiiy meva sharbati va shakar (mevali S), asal (asalli S.) qoʻshib, aralashmali S. tayyorlanadi. Eritilgan S.ning tuzeiz, tuzli va boshqa xillari bor. Eritilmagan S.ni eritib va qoʻshimcha aralashmalardan tozalab, eritilgan S. olinadi. Eritilgan S. buzilmaydi. S. yuqori kaloriyali mahsulotdir. 100 g S.ning kaloriyasi oʻrtacha 770 kkal yoki 3,06 Mj ga teng .[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil