Diazometan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Diazometan, CH,N2 — oddiy alifatik diazobirikma. Juda zaharli, qoʻlansa hidli, sariq rangli, tez portlaydigan gaz. Mol. m. 42,043. Suyuqlanish t-rasi — 145°, qaynash t-rasi —23°. Alyuminiy xlorid yoki bor ftorid ishtirokida aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib metilketonlar hosil qiladi; ketonlar bilan oʻzaro taʼsiri na-tijasida zanjirning uzayishi yoki halqaning kengayishi sodir boʻladi. D.ni ilk bor 1894 y.da nemis olimi X. Pexman N nitrozometiluretanga ishqor taʼsir ettirib olgan. Karbon kislotalar va b. organik birikmalarni sintez qilishda, shuningdek, metillovchi modda sifatida qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil