Palladiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Palladiy(Pd)
Atom raqami 46
Koʻrinishi Oq-kumush rangli, yumshoq,
bolgʻalanuvchan metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
106.42 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 137 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
803.5(8.33) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 128 pm
Ion radiusi (+4e) 65 (+2e) 80 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
2.20
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 0, +1, +2 (deyarli doim), +3, +4 (tez-tez), +5, +6 (gohida)
Termodinamik xossalari
Zichlik 12.02 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0.244 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 71.8 Vt/(m·K)
Erish harorati 1554 K
Erish issiqligi 17.24 kJ/mol
Qaynash harorati 2940 K
Qaynash issiqligi 372.4 kJ/mol
Molar hajm 8.9 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik
markazlashgan
Panjara davri 3.890 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 275.00 K

Palladiy (lot. Palladium), Pd — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guru-higa mansub kimyoviy element. Tartib rakami 46, at. m. 106,42. Tabiiy P. 6 ta barkaror izotop: IO2Pd (1%), l04Pd(ll,4%), 105Pd(22,33%),l06Pd(27,33%), 108Pd(26,46%) va 110Pd (11,72%) dan ibo-rat. Eng uzok, vakt mavjud boʻluvchi sunʼiy radiaktiv izotopi IO7Pd (T]/2=7-106 y.). P.ning koʻpgina izotoplari nisba-tan ozroq miqdorda uran va plutoniy yadrolarining boʻlinishi natijasida hosil boʻladi.

P.ni 1803 y. ingliz olimi Vollaston tozalanmagan platinadan ajratib olgan va uni 1802 y.da kashf qilingan Pallada planetasi nomi bilan atagan. P. Yer poʻstining massa jihatidan 1 10 b% ini tashkil etadi. Tabiatda tugʻma yoki boshqa noyob metallar va kimyoviy birikmalar bilan qotishmalar holida uchraydi.

P. platina guruxchasidagi metallarning eng yumshogʻi, eng yengili va eng bolgalanuvchanidir. P. kumush kabi yaltiroq, tashqi koʻrinishi platinani eslatadi. Suyuqlanish t-rasi 1554°; qaynasht-rasi 2940°, zichligi 12,02 g/sm3. P. platina guruhchasidagi boshqa metallarga karaganda kimyoviy jihatdan faol. Zar suvida, nitrat kislotada, konsentrlangan kaynoq sulfat kislotada eriydi. 700° gacha qizdirilganda sirti oksidlanadi, uy t-rasida nam xlor va brom b-n, kizdirilganda quruq ftor, xlor hamda oltingugurt bilan reaksiyaga kirishadi. P. juda koʻp mikdorda vodorod yutish xususiyatiga ega (1 hajm P. 800 hajmga yaqin vodorod yutadi). P. molekulyar vodorodni yutib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida uni foal atom holida ajratib chiqaradi. Shu sababli P.dan vodorod atomi ishlatiladigan kimyo sanoatlarida keng foydalaniladi.

P. birikmalarda, odatda, 2 va 4 valentli, baʼzi hollarda 3 valentli. 2 valentli birikmalari barqarorroq. P.ning PdO, Pd2O3, Pd°2 tarkibli ok-sidlari maʼlum. Galogenlar bilan palladiy (II) - ftorid PdF2, palladiy (III) - ftorid PdF3, palladiy (II) -xlorid PdCl2, palladiy (II) - yodid Pdl2 hosil qiladi. Oltingururtli bi-rikmalaridan palladiy (II) - sulfid PdS, palladiy (IV) - sulfid PdS^ap mavjud. P. tuzlarining koʻpchiligi suvda yaxshi eriydi va eritmalarida kuchli gidrolizlanadi.

P. sulfidli mis-nikel rudalaridan platina bilan birgalikda, shuningdek, oltin sochilmalari va rudalaridan olinadi. Olmaliq va Navoiy kon metallurgiya korxonalarida P.ni mis va qimmatbaho metallar olish texnologiyasi qoldiqlaridan ajratib olinadi. P. va uning qotishmalari elektrotexnikada, kimyo sanoatida gidrogenizatsiya va degidrogenizatsiya katali-zatori sifatida, oltin, platina, rodiy bilan qotishmalari termoregulyator va termoparalar tayyorlashda, oltin, kumush, nikel va b. elementlar bilan qotishmasi zargarlikda va stomatologiyada ishlatiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Metallurgiya blagorodnix metallov, M., 1987.

Omonulla Xoʻjayev.[1]

Palladiy - unsurlar davriy jadvalining 46 unsuri, metall.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil