Boratlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boratlar — borat kislota tuzlari va efirlari. Tuzilishi, tarkibi va tabiatda uchrashiga koʻra B. anorganik, organik va tabiiy B.larga boʻlinadi. Anorganik boratlar (oksoboratlar), ortoborat (N3VO3), metaborat (NVO2) hamda erkin holda ajratib olinmagan poliborat (N BmO3iTMi) kislotalarining tuzlari. Molekulasidagi bor atomlarining soniga qarab mono, di, tetra, geksaboratlar va boshqa ga boʻlinadi. B.da bor atomining koordinatsion soni 3 yoki 4 ga teng boʻlib, molekuladagi bor atomlari kislorod atomi orqali koʻprikli bogʻlanish hosil qiladi. Ammoniy, ishqoriy va oksidlanish darajasi +1 ga teng boʻlgan b. metallar koʻpincha gidratlangan yoki suvsiz metaboratlar MeVO2, tetraboratlar Me2VO4, pentaboratlar MeV5O,, shuningdek dekaboratlar Me V O pN2O hosil qiladi. Oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻlgan ishqoriyer va boshqa metallar odatda gidratlangan metaboratlar, triboratlar Me2V,Op, geksaboratlar MeV6O|0, shuningdek suvsiz meta, orto va tetraboratlar beradi. Oksidlanish darajasi +3 ga teng boʻlgan metallarga gidratlangan va suvsiz ortoboratlar MeVO3 tavsiflidir. Anorganik B. rangeiz, amorf yoki kristall moddalar. Ularning sukjlanish tralari 500" dan 2000" gacha. Koʻpchilik anorganik B. eritmalari sovish paytida osonlikcha shisha holatiga oʻtadi. Gidratlangan anorganik B. ortoborat kislotaga metall oksidlari, gidroksidlar va karbonatlar taʼsir ettirib olinadi. Suvsizlari esa bor oksidiga metall oksidlari yoki karbonatlarini qoʻshib suyuqlantirish exv" qizdirish usuli bilan olinadi. Anorganik B. bor birikmalarini sintez u shishda shisha, emal, sir, pigmentlar komponenti sifatida, olovbardosh qoplamalar, elektrolitlar, lyuminoforlar, boʻyoq mahsulotlar ishlab chiqarishda, metallarni kavsharlashda va boshqa da qoʻllaniladi.

Organik boratlar — [ortoboratlar, trialkil (aril) boratlar, trialoksiboratlar], umumiy formulasi (RO)3 V boʻlgan ortoborat kislota efirlari. Bu yerda R — alkil, aril, allil va boshqa organik radikallar. Quyi alkilboratlar zangori rangda shuʼlalanuvchi uchuvchan suyuqpiklardir. Suv taʼsirida ular V(ON)3 va ROH gacha gidrolizlanadi.

Organik B. ning olinish usullari turlicha: 1) ortoborat kislota, bor oksidi, bor xlorid yoki buraga spirtlar, fenollar, diollar taʼsir ettirish; 2) V2N va boshqa borli organik birikmalarni alkogoliz qilish; 3) R3Bhm oksidlash; 4) Me|B(OR)4] ni termik parchalash va boshqa

Organik B. antioksidantlar sifatida, parafinlarni oksidlab spirtlar olishda, organik va bororganik birikmalar sintezida, fungitsid, antiseptik sifatida, boʻyoqlar, motor yonilgʻilari, surkov moylari, polimerlar olishda qoʻllaniladi.

Tabiiy boratlar —boratkislota tuzlaridan hosil boʻlgan minerallar sinfi. Tabiiy B. ning kaliyli, natriyli, kalsiyli, magniyli va temirli 100 ga yaqin minerali maʼlum boʻlib, ular asosan rombik va monoklin singoniyada kristallangan rangeiz yoki oq rangdagi moddalar. Ularning strukturasida 1 dan 6 ta gacha, goho 9 ta bor atomlari kislorod atomlari bilan borkislorod guruhlari hosil qilib ishtirok etadi. Borning koordinatsion soniga qarab bu guruhlar oʻzaro borkislorod uchburchaklari [VO,]1" yoki tetraedrlar [VO4]4’ holida birlashib, zanjirsimon, tasmasimon, qatlamli va karkasli strukturalar hosil qilishi mumkin. Tabiiy B. ga vulqonlar natijasida yuqori tralarda hosil boʻlgan lyudvigit, asharit, susseksit va suv havzalarida choʻkindi sifatida hosil boʻlgan bura, boratsit va boshqa kiradi. Suvli va suvsiz boratlar mavjud (aksarisi suvlidir). Tarkibida suvi bor tabiiy B. ning Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 2—5, suvsizlariniki 9 gacha, zichligi 1500–3400 kg/m] boʻladi.

Tabiiy B. ning eng kagta koilari vulkanogen — choʻkindi jinslarda, endogen yoʻl bilan hosil boʻlgan konlarning baʼzi jinslarida uchraydi. Choʻkindi galogen konlari tuzlar bilan birgalikda hosil boʻladi. Tabiiy B. Oʻzbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax viloyatlarida uchraydi. Kime sanoatida, bor tuzlari olishda, boʻyoqtayyorlashda, kulolchilikda, sir, emal, shisha, pigmentlar ishlab chiqarish da qullaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Issledovaniye sinteticheskix boratov, Riga, 1983; Leonyuk N. I., Leonyuk L. I., Kristalloximiya bezvodnix boratov, M., 1983.

Rustam Maʼrupov.