Sirka kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirka kislota (metankarbon kislota), CH3COOH — o'tkir hidli, rangsiz, nordon, bir asosli karbon kislota. Suvsiz (aniqrog'i 98— 99% li) Sirka kislota muzga o'xshaganligi uchun "muz" kislota deb qam ataladi. Suyuqlanish temperaturasi 16,75%, qaynash temperaturasi 118,1°, zichligi 1055 kg/m³ (15°da). Suv, spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi, uglerod sulfidna erimaydi. Sirka kislota — insoniyatga qadimdan maʼlum boʻlgan kislotalardan (vino achiganda sirka holida hosil boʻladi). Atsetaldegidnn oksidlab olinadi. Sirka kislota turli sohalarda, mas, atsetilsellyuloza, plastmassa, sirka angidrid, organik erituvchilar, insektitsidlar, farmatsevtik preparatlar (aspirin, fenatsetin), atseton, sintetik boʻyagichlar i.ch.da va gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Sirka kislota bugʻlari nafas yoʻllari shilliq pardasini yalligʻlantiradi. 30% dan ortiq konsentratsiyali Sirka kislota terini kuydiradi.70-80% li sirka kislota "sirka essensiyasi" deyiladi. Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan sirka kislota mineral kislotalarga o'xshaydi. U suvdagi eritmada ionlarga dissotsilanadi:

CH3COOH=CH3COO+H

Kislota qoldig'i CH,COO asetat-ion deyiladi. Sirka kislota kuchsiz elektrolitlar qatoriga kirganligi sababli vodorod ionlari va asetat-ionlar kam hosil bo'ladi. Mineral kislotalar kabi sirka kislota ham asoslar, asosli oksidlar va tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi, bu reaksiyalardan uning tuzlarini - asetatlarni olishda foydalaniladi. Ishlatilishi. Sirka kislota turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Kimyo sanoatida undan plastik massalar, turli xil bo'yoqlar, dori- darmonlar, sun'iy tola (asetat ipak), yonmaydigan kinoplyonka va hk olish uchun foydalaniladi. Sirka kislotaning aluminiyli, xromli va temirli tuzlari gazlamalarni bo'yashda, dorilash uchun ishlatiladi. Sirka kislotaning tuzlaridan qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ham foydalaniladi. Sirka kislota ovqatga solish, sabzavotlarni konservalash uchun ham ishlatiladi.