Shaftoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Shaftoli (Persica) — raʼnoguldoshlarga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxti. Vatani — Oʻrta Osiyo. 6 turi maʼlum: oddiy Sh., gansun Sh.si, david Sh.si, potanin Sh.si, mir Sh.si, fargʻona Shaftoli

AQSH, Yevropaning janubi, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Oʻrta Osiyo, Zakavkazyeda keng tarqalgan. Bundan 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 5000 ga yaqin navi bor. Hozirgi davrda Shim. va Janubiy yarim sharning barcha subtropik va tropik mamlakatlarida oʻstiriladi. Jahon boʻyicha yalpi hosili 12,0 mln. t (1999). Oʻzbekistonda ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 3-oʻrinni egallaydi.

Bogʻdorchilikda, asosan, oddiy Sh. turi navlari oʻstiriladi (boshqa turlaridan manzarali oʻsimlik yoki payvandtag sifatida foydalaniladi). Boʻyi 3–9 m, bargi ketmaket joylashgan, nashtarsimon, gullari ikki jinsli. Mevasi sersuv (50— 600 g gacha), danakli, yassi dumaloq, tuxumsimon, oqishyashildan toʻq qizilgacha, tukli va tuksiz (luchchak). Eti koʻkimtiroq, och pushti, sariq, toʻq qizil, danagidan ajraladi (ajralmaydigan navlari ham bor), mazasi nordonshirin, shirin. Tarkibida 80—90% suv, 10—14% qand, 0,081,02% olma, vino, limon kislota, 0,56—1,26% pektin, shuningdek, oshlovchi va azotli moddalar, A, S, V vitaminlari, danagi magʻzida 20—60% yogʻ, amigdalin, oqsil moddalar va boshqalar bor. Yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva (jem, murabbo, kompot) qilinadi, bargi va guli qaynatmasi xalq tabobatida bosh ogʻrigʻi, revmatizm, oshqozonichak kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi. Sh. yaxshi asal beruvchi daraxt.

SH. danagidan va payvand qilib qoʻpaytiriladi. Payvandtag sifatida odsiy Sh. va boshqalar turlari urugʻkoʻchati, bodom, togʻolcha, baʼzan oʻrikdan foydalaniladi. Hosiddorligi 200—400 s/ga. Ekilganidan keyin 3 — 4yili hosilga kiradi. 12—15 yil yaxshi hosil beradi (daraxti 100–150 kg gacha). Oʻzbekistonda apr.da gullaydi, naviga qarab mevasi may—okt. oylarida pishadi. Sh. nisbatan issiqsevar, yorugʻsevar va —15, — 20° li qisqa sovuqlarga chidaydi, —25° da nobud boʻladi, ayniqsa, gullagan paytida bahorgi qorasovuqlardan koʻp zararlanadi. Koʻchati kuzda va bahorda 25—30 sm chuqurlikda haydalgan yerga 5x4, 5x5, 6x3 m sxemada ekiladi. Yosh daraxtlar vegetatsiya davrida 15—16, hosilga kirganlari 4—5, toshloq yerlarda 10—12 marta sugʻoriladi. shahriga kosasimon shakl beriladi va har yili erta bahorda butaladi. Oʻzbekistonda 50 ga yaqin navlari r-nlashtirilgan. shahrining ertapishar — Anjir shaftoli. Lola, Morettini; oʻrtapishar — Zafar, Start, Malinoviy, Elberta, Shirinmagʻiz, Oq shaftoli, kechki — Salvey, Farhod navlari koʻp ekiladi.

Kasalliklari: barg bujmayishi, shira oqishi, dogʻlanish va boshqalar.

Zararkunandalari: Sh. barg biti, Sh. kuyasi, Sh. tana biti. Ularga qarshi bahorda kurtaklar boʻrtishiga qadar insektitsidlar va fungitsidlar bilan ishlov beriladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Oʻrik, shaftoli, olxoʻri, T., 1960; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Sobirov M . Q., Tomorqa bogʻdorchiligi, T., 1991.

Sulton Xolnazarov.

Shaftoli-danakli meva.