Nitroglitserin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nitroglitserin, glitserin trinitrat, trinitrin, O2NOCH(CH2ONO2)2 — glitserin va nitrat kislotaning murakkab efiri. Mol. m. 227,14; rangsiz yopishqoqsuyuklik, zichligi 1,591 g/sm3 (25° da), qotish temperaturasi 13,2°. Benzinda, suvda erimay-di, atseton, efir va benzolda yaxshi eriydi. Glitserinni nitrat va sulfat kislota aralashmasida eterifikatsiyalab olinadi. N.ni ilk bor 1846 yilda italiyalik olim A. Sobrero sintez qilgan. 19-asrning 60—70-yillarida A. Nobel (qarang Nobellar) taklifiga binoan, sanoat miqyosida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. N. juda kuchli portlovchi modda. Tutunsiz porox, shuningdek, dinamit ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Tibbiyotda spirtdagi 1% li eritmasi va tabletkasi ishlatiladi. Asosan, bosh, yurak va gavdaning yuqori qismi terisidagi kon tomirlarni ken-gaytiradi. Yurak va miya tomirlari spazmida buyuriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil