Qulupnay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qulupnay, yertut — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; rezavor ekin. Yevrosiyo va Amerikada 50 turi maʼlum. Asosan bogʻ Q., turi, shuningdek: oʻrmon Q.i, muskat taʼmli q., virginiya Q.i va chili Qulupnay — Q.ning birinchi navlari 18-asr da Niderlandiyada paydo boʻlgan. 2 ame-rika turi — virginiya va chili Q.i Yevropaga olib kelingan. Q. Yer sharining turli iqlimli mintaqalaridaQutb doirasidan to subtropiklargacha oʻstiriladi. Oʻzbekistonda koʻproq bogʻ Q.i turi ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Tupi oʻrtacha shoxlangan, boʻyi 10 sm gacha. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan. 2 jinsli oq yoki oqish-sariq, oʻzidan changlanadi. May-iyunda pishadi. Mevasi toʻq qizil, baʼzan naviga qarab oq (oqpar), 3—5 g dan 20—40 g gacha. Tarkibida 80—90% suv, 7-11% qand, 0,8—1,6% kislota, 1 — 1,7% pek-tin, 0,9—1,2% azotli moddalar, shuningdek, kletchatka, kul, A, V, S vitaminlari va boshqa bor. Yangiligida yeyiladi, kompot, murabbo qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Q. namtalab, yorugʻsevar (soya joyda hosil bermaydi), sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Bir yerda 4— 5 yil oʻstiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 80—100 s/ga. Asosan, iyulavg .da ildiz otib, barg yozgan gajaklari qator orasi 80 sm, tup orasi 25 sm yoki 70x70 sm sxe-mada koʻchat qilib ekiladi (kuzda va bahorda ham ekish mumkin, bunda kechroq hosilga kiradi). Yaxshi koʻchat ikki yillik qulupnayzordan olinadi. qulupnayzor bahorda, oʻsuv davrida mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi, qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi.

Oʻzbekistonda Q.ning Zenga-Zengana, Kulver, Dilbar, Muto, Toshkent, Shreder xotirasi, Oʻzbekiston navlari ekiladi.

Asosiy zararkunandalari: qulupnay kanasi, malina va qulup-nay uzunburuni.

Kasalliklari: qulupnay nema-todasi, kulrang chirish, oq-qoʻngʻir dogʻlanish.