Polietilentereftalat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polietilentereftalat - sintetik polimer; oq yoki och-qizgʻish rangli modda. Suyuqlanish temperaturasi -265°; fizik-mexanik xossalari yuqori. Atseton, etilatsetat, ksilol, muz holatidagi sirka kislota va boshqa taʼsiriga chidamli. Fenolda eriydi. 100°dan yuqorida ammiak va ishqorlarning eritmalari P.ni parchalaydi. P. dan plyonkalar, mikroorganizmlar va kuya tushmaydigan sintetik tolalar, radiodetallar, kimyo-viy jihozlar va boshqa tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil