Apelsin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Apelsin

Apelsin, poʻrtaxol (Citrus sinensis — gollandcha appelsien — aynan xitoy olmasi) — rutadoshlar (apel-singullilar oilasi)ning sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxt va buta. Vatani — Birma va Janubi-Gʻarbiy Xitoy. Yovvoyi holda uchramaydi. Tropik va subtropik mamlakatlarda qadimdan madaniylashtirilgan (Xitoyda 2 ming yildan beri, Janubiy Yevropada 15-asrdan, Kavkazning Qora dengiz buylarida 11-asrdan). Boʻyi 6 — 12 m. Shox va novdalarida ingichka tikanlari bor. Bargi tu-xum shaklida, hosili asosan noyabr-dekabr oylarida yetiladi. Mevasi dumaloq yoki tuxumsimon, sargish yoxud qizgʻish, vazni 300 — 400 g, taʼmi nordon, tarkibida 12 % qand, 1 — 2 % limon kislota, 0,9 % oqsil, A, V, S vitaminlar va efir moyi (poʻstida) bor. A. hoʻl meva holida is-teʼmol qilinadi; undan sharbat, kompot, qiyom va murabbo tayyorlanadi, poʻstidan olinadigan moy atir-upa va konditer sanoatida qoʻllaniladi. Hosildorligi 200 — 250 s/ga cha boradi. 300 ga yaqin navi bor. Vashington navel, Silliqpoʻst, Korolyok 100 va boshqa navlari koʻp ekiladi. Eqilgandan soʻng 3 — 4 yilda hosilga kiradi. Issiqsevar va namsevar. Qulay sharoitlarda 75 yildan ortiq yashaydi va hosil beradi. Trifoliat, bigardiya, 576mahalliy navlar urugʻlaridan chiqqan nihollarga payvand qilinadi. 4x2,5 m sxemada ekiladi. temperatura — 10°da yer usti qismi butunlay nobud boʻladi. A. AQSH, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Turkiyada hamda Gruziyaning gʻarbida koʻp yetishtiriladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda usti yopi-ladigan maxsus uzun oʻra (transheya)larda, issiqxonalarda oʻstiriladi (yana qarang Sitrus mevalar).

Apelsinning ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ser suv, xushboʻy, qimmatbaho mevalari butun dunyoga mashhur. Apelsin mevasi tarkibida 6-8 foiz shakar, 1,0-1,4 foiz turli kislotalar, 1,0 foizgacha pektin moddalar. 60-100 mg % C vitamini, maʼlum miqdorda A, V1, V2, RR vitaminlar bor. Poʻsti qalin va sharbati kislotali boʻlganligidan tarkibidagi vitaminlar yaxshi saqlanadi. Apelsin juda qadimdan eng yaxshi desert mevalardan bid hisoblanadi. Apelsin mevalarining taʼm sifatlari — qand va kislotaning uygʻunligi, kuchli xushboʻy hidi uni faqatgina sitruslar orasida emas, balki boshqa barcha mevalar oldida ham birinchi oʻrinlardan biriga qoʻyadi.

Ekish uchun taysiya etiladigan navlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suxumi, Gamlin, Pervenets va.h.k.

Ekish sxemasi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apelsin toʻgʻri burchakli sxemada 4x2-2,5 va shaxmat tartibida ekilganda 3x2-2,5 m sxemada ekiladi.

Tuproqqa ishlov berish:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuproqni tayyorlashga sarflanadigan mehnat va moddiy xarajatlar koʻp jihatdan issiqxona maydonining toʻgʻri tanlanganligi, tuprogning mexanik tarkibi va fizik xususi-yatlari, unumdorligi va rN muhiti, sizot suvlarining joylashuvi va boshqa omillarga bogʻliq. Agar issiqxona avvaldan foydalanilib kelinayotgan boʻlsa, yer dastlab oʻtmishdosh ekin va boshqa qoldiqlardan puxta tozalana-di. puxta tekislab olish sitrus koʻchatlarini oʻtqazishdan oldin bajariladigan muhim tadbirlardandir. Maydon tekislangach, tuproq unumdorligiga bogʻ liq ravishda organomineral oʻgʻitlar solinadi va 30-45 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Oʻgʻitlar chuqurcha tubidagi tuproq bilan yaxshilab aralashtiriladi. Oʻsimlik ildizi mineral oʻgʻittlarga bevosita tegib qolmasligi (bunda ildiz kuyib qolishi mumkin) uchun aralashma ustiga yupqa qatlam toza tuproq sepilib, uning ustiga koʻchat joylashtiriladi va ildiz atrofi issiqxonaning unumdor tuprogʻi bilan toʻdiriladi

Koʻchatlarni ekish:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apelsin koʻchatlarini ekish chuqurligiga jiddiy eʼtibor berish talab etiladi. Uyaning keyinchalik choʻkishini hisobga olgan holda ekilgan koʻchatlarning ildiz boʻgzi tuproq sathidan 2-3 sm yuqorida turishi lozim. Koʻchat oʻtqazish paytida har qaysi chuqurga yana 10-15 kg chirigan goʻng, 100-150 g superfosfat va 50 g dan kaliy oʻgʻ itlari solinadi. Ekishdan soʻng sugorish oʻtkaziladi, sugʻorish meʼyori har bir oʻsimlik uchun 10 1 dan kam emas. Namlikning oʻsimliklar tomonidan bugʻlantirib yuborilishini kamaytirish va koʻchatlarning yaxshi tutib ketishini taʼminlash uchun ularning 1/3 uzunligi qirqib tashlanadi. Koʻchatlar oʻtqazilgandan keyingi dastlabki yillarda oʻgʻitlar koʻchat atrofiga, toʻrt yoshidan boshlab oʻsimlik tanasidan 15 sm masofada qatorning har ikki tomonidan 1 m kenglikdagi polosa boʻylab beriladi. Daraxtlar 7-8 yoshga yetganda ulaming umumiy rivojlanish hajmiga bogʻliq ravishda oʻgʻitlar qator oraligʻining butun erkin kengligi boʻylab beriladi.

Parvarishlash:[tahrir | manbasini tahrirlash]

0`zbekistonning janubiy viloyatlarida apelsin uch marta oʻsadi. Oʻsuv davri mart oxiri — aprelda boshlanadi va ob-havo sharoitlariga bogliq ravishda 195-210 kungacha davom etadi. Payvandtag sifatida apelsin uchun trifoliatadan, toshloq yerlar-da bigaradiyadan, yengil tuproqlarda apelsin urugʻkoʻchatlaridan, tuvak va oranjereyalarda apelsin va limon urugʻkoʻchaglaridan foydalaniladi. Payvand qilingan koʻchatlar ekilgandan soʻng yili hosilga kiradi. Har yili hosil beradi hosildorligi sharoit yaxshi kelgan yillarda 20—.5 t/ga gacha. Oʻsish davrida (dastlabki 3 yil) asosiy eʼtibor daraxtlarnish muvaffaqiyatli oʻsish asosi sifatida kuchli assimilyasion yuzani hosil qilishga qaratiladi. Toʻrtinchi yildan boshlab shox-shabbasini shakllantirishda ortiqcha boʻlgan (kesishgan, tana markazini soyalovchi) shoxlar kesib gashlanadi. Qoldirilgan har bir skelet shoxning oʻsishi uchu erkin boʻshliq mavjud lozim. Boshqa adabiyotlarda esa shakl berishni toʻ rtinchi yilga qoldirmaslik va uni har yili oʻtkazib, keraksiz shoxlarni qirqish yoki qisqartirib turish lozimligi taʼkidlanadi. Oʻsish va hosil berish davrida (5-10 yil) ham qirqish gana va skelet shoxlardagi gʻovlab oʻsuvchi novdalarni qirqib turish bilan cheklanadi. Mazkur tadbir har yili aprel-mayda oʻtkaziladi, u shox-shabbaning qalinlashib ketishi va ozuqa moddalarnish ortiqcha sarflanishiga barham beradi.

Hosilni yigʻib terib olish:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apelsin sifatining standartlari quyidagi qator koʻrsatkichlarga tayanadi:

  • Mevaning rangi,
  • Uning ser-suvligi,
  • Sharbati tarkibida eruvchan quruq moddalar va kislotalar mikdori hamda ularning oʻzaro nisbati.

Mazkur talablarga javob bermaydigan mevalar sotish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Hosilni kech yigʻib olish keyingi yilgi hosildorlikni pasaytirishni hamda meva berishdagi davriylikni kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Mevalar maxsus meva qirquvchi qaychilarda aynan gulkosaga taqab kesiladi, chunki bandi bilan uzilgan mevalar yashik yoki boshqa idishlarga joylanganda qoʻshni mevalarning poʻstini teshib yuborishi mumkin. Uzilgan mevalar maxsus xalta va chelaklarga solinadi, soʻngra qadoqlash punktida ehtiyotkorlik bilan yashiklarga yoki qutilarga teriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]