Aminlar
Aminlar — ammiakdagi vodorod atomlarining organik radiy kallarga almashinishidan hosil boʻlgan bi-rik malar. Ammiakdagi nechta vodorod atomi radikalga almashinganiga qarab, birlamchi, ikkilamchi va, nihoyat, uch-lamchi A. deyiladi. A. molekulasidagi aminoguruh soniga qarab mono-A., di-A. va uch-A.ga boʻlinadi. Ular, ammiak sin-gari, asos xos-salarini namoyon qiladi, lekin aromatik A. ammiakka nisba-tan ancha kuchsiz, alifatik A. esa kuchli boʻladi. A., odatda nitrobirikmalarni 415qaytarish yoki uglevodorodlarning galo-genli hosilalariga ammiak taʼsir etti-rish yoʻli bilan olinadi. Ular ichida eng ahamiyatlisi aromatik A.dir. Uni ilk bor 1842-yilda N. N. Zinin sintez qilgan. 1849-yilda esa Sh. Vyurs alifatik A. ni kashf qildi. A.ning baʼzilari tabiatda erkin holda alkaloidlar, aminokislo-talar tarzida uchraydi. Ular boʻyoq sano-atida, plastmassalar olishda, tibbiyotda juda koʻp qoʻllaniladigan sulfanila-mid preparatlar olishda ishlatiladi.
Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |