Borat kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Borat kislota, ortoborat kislota, H3BO3 — kuchsiz anorganik kislota, rangsiz yaproqchalar shaklidagi oq kristall. Zichligi 1460 kg/m3. Suvda oddiy temperaturada kam, qizitilganda yaxshiroq eriydi. Spirt va boshqa organik moddalarda ham eriydi. 107,5’ da qizdirib suvsizlantirilganida metaborat kislota HBO2, 160* da bor oksid B2O3 hosil boʻladi. Tabiatda issiq suvlar tarkibida erigan holda uchraydi. Bufer sistemalar tayyorlashda ishlatiladi. Shisha sanoatida, emallar tayyorlashda va tibbiyotda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil