Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sözleşmeye taraf olan ülkeler
Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan davlatlar:
  Shartnomani imzolagan davlatlar

Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya yoki CEDAW 1979 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan xalqaro konvensiya boʻlib, undagi ishtirokchi davlatlarni ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga qarshi kurashish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha sakkizta asosiy konvensiyalaridan biri hisoblanadi. Bu inson huquqlari nafaqat erkak jinsiga, balki ayolga ham tegishli ekanligini taʼkidlagan holda shakllangan matn ekanligi bilan ham ahamiyatga egadir.[1] "Xalqaro ayollar huquqlari deklaratsiyasi "[2] deb nomlanuvchi ushbu reglament erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik amalda ham, qonun oldida ham taʼminlanishi lozimligini taʼkidlab keladi. Ishtirokchi davlatlar ayollarga nisbatan kamsitishning barcha turlari va shakllarini aniqlash, ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish, jabrlanganlarga yordam berish va zoʻravonlik aybdorlarini jazolash majburiyatini oladi.

Ishtirokchi-davlatlar tomonidan koʻzda tutilgan huquqlarning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun Konvensiyaning birinchi toʻrtta bobiga inspeksiya organi va tekshirish tartib-qoidalari kiritiladi. Ishtirokchi-davlatlar ekspertlar qoʻmitasiga ularning konvensiyani amalga oshirishdagi saʼy-harakatlarini muntazam ravishda hisobotlarni taqdim etish orqali baholash huquqini beradi. Qoʻmita, shuningdek, 2000-yil 22-dekabrda kuchga kirgan va ishtirokchi-davlatlar tomonidan imzolangan ikkinchi Konvensiya hisoblangan Protokol bilan Konventsiyaning buzilishiga oid individual yoki guruh shikoyatlarini koʻrib chiqadi; Konvensiya shuningdek talablarning jiddiy yoki muntazam ravishda buzilishi holatlari boʻyicha tergov oʻtkazish huquqiga ham ega. 2021 yilda perulik huquqshunos Gledis Akosta Vargas 2024 yil oxirigacha qoʻmita raisi etib tayinlanadi.[3]

Umumiy tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi bilan gender tengligi qonunchilikda va Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli hujjatlarida oʻz oʻrnini bosa boshlaydi. Ayollar huquqlarini kafolatlovchi konventsiya tuzish zarurligi haqidagi bahslar davom etar ekan, BMT Bosh Assambleyasi 1967 yilda ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qiladi. Shunday qilib, BMT birinchi marotaba jinsga qarab kamsitishni kengroq va har tomonlama yondashuvni talab qiluvchi muammo sifatida koʻrishini bildiradi. Bu deklaratsiya maʼnaviy va siyosiy kuchga ega boʻlsa-da, davlatlar zimmasiga boshqa majburiyatlar yuklamaydi.[2]

BMT tomonidan 1975 yilda Mexiko shahrida tashkil etilgan ayollar boʻyicha Butunjahon konferensiyasi davomida „Ayollar oʻn yilligi“ (1975-1985) deb eʼlon qilinadi va ushbu konferensiyada qilingan chaqiriq bilan Komissiya tomonidan „kamsitishning barcha shakllarini yoʻq qilish“ boʻlgan xalqaro konvensiya tayyorlab chiqiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlarda erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglikni taʼminlash maqsadida „Ayollar maqomi toʻgʻrisida“gi bahslar Bosh Assambleyada ham, Ayollar maqomi boʻyicha komissiyada ham har bir band boʻyicha uzoq muhokamalar tufayli shartnoma matnini tayyorlashga uzoq vaqt kerak boʻladi.

Olti yillik faoliyatdan soʻng konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yil 18-dekabrdagi 34/180 rezolyutsiyasi bilan qabul qilinadi. Shu tariqa 1980-yil 1-martda aʼzo davlatlar tomonidan konvensiyani imzolanishi uchun yoʻl ochiladi. 1981-yil 3-sentabrda, yigirma davlat konvensiyani ratifikatsiya qilganidan keyin u kuchga kiradi.

Konvensiya nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asl nomi „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination Against Women“ boʻlgan va CEDAW deb qisqartirilgan ushbu konvensiya, rasmiylar tomonidan „Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi konvensiya“ sifatida tarjima qilinadi. Konvensiyada ayollarga nisbatan kamsitishning mavjudligi qabul qilingan va ushbu matn bunday kamsitishlarni bartaraf etish uchun tuzilb chiqilgani taʼkidlab oʻtilgan.[1]

Konvensiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 6 qism va 30 ta moddadan iborat. Birinchi to‘rt bob ayollar huquqlarining buzilishiga qarshi kurashish va ularning oldini olish, ayollarning siyosiy, huquqiy va fuqarolik huquqlari, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini taʼminlash, salomatligini muhofaza qilishga bag‘ishlangan. Beshinchi va oltinchi boblar Konventsiyaning nazorat organi boʻlgan CEDAW qoʻmitasini tashkil etish va Konvensiyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan jarayonlarni, CEDAW va inson huquqlari boʻyicha boshqa shartnomalarning oʻzaro munosabatlarini hamda davlatlarning majburiyatlari va majburiyatlarini tartibga solib turadi.[4]

1979-yil dekabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan va imzolash uchun topshirilgan konvensiya, 1981-yil 3-sentyabrdan boshlab kuchga kiradi. Konvensiyaning 27-moddasida, „Ushbu Konvensiya BMT Bosh kotibiga 20-ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etilgan kundan keyingi 30-kundan soʻng kuchga kiradi“, deyiladi.

Ishtirokchi davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021 yil holatiga koʻra, aʼzo davlatlar soni 189 tani tashkil etadi.[5] 6 ta davlat (Vatikan, Eron Islom Respublikasi, Niue, Somali, Sudan, Tonga) Konvensiya boʻyicha hech qanday chora-tadbirlar amalga oshirmagan boʻlsa, ikki davlat (2011-yilda Palau va 1980-yilda AQSh) konvensiyani imzolagan, lekin uni ratifikatsiya qilmagan.

Shartnoma majburiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konventsiyaga aʼzo davlatlar quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmalariga olishga rozi boʻladilar:[2]

  • hayotning barcha jabhalarida ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish;
  • ayollarning inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan erkaklar bilan bir xil darajada foydalanishlari uchun ularning faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash va yuksalishini taʼminlash
  • konventsiyani amalga oshirishdagi saʼy-harakatlarini baholash uchun CEDAW qoʻmitasiga muntazam hisobotlarni taqdim qilish

Faoliyat shakli[tahrir | manbasini tahrirlash]

CEDAW qoʻmitasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

CEDAW arizalari 23 mustaqil ekspertdan iborat BMT CEDAW qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi. Davlatlar CEDAW qoʻmitasiga muntazam ravishda hisobotlarni taqdim etishlari shart. Ushbu hisobotlar qoʻmita tomonidan koʻrib chiqiladi va koʻpincha nohukumat tashkilotlarining fikrlarini hisobga olgan holda CEDAWni amalga oshirishni yaxshilash boʻyicha davlatlarga tavsiyalar beriladi.[4] Qoʻmitadagi ekspertlari ishtirokchi davlatlar tomonidan saylanadi.

Qoʻmita, shuningdek, Konvensiyaning buzilishi toʻgʻrisidagi individual yoki guruh shikoyatlarini koʻrib chiqadi; Konvensiyaning jiddiy yoki muntazam ravishda buzilishi boʻyicha tergov oʻtkazish vakolatiga ham ega. Bu vakolat 1999 yilda BMT 54-sonli maxsus qarori bilan berilgan edi. U Bosh Assambleyada qabul qilingan va 2000-yil 22-dekabrda kuchga kirgan Protokol bilan belgilab qoʻyiladi. Bu protokol tomonlarning oʻz xohishlariga koʻra imzolagan ikkinchi kelishuvi hisoblanadi.

Davlatlarning hisobotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

CEDAW Konvensiyasidagi ishtirokchi-davlatlarni konvensiya kuchga kirgandan keyin bir yil ichida va undan keyin kamida har toʻrt yilda bir marta hisobot taqdim etish majburiyatini oʻz boʻyniga oladi. Ishtirokchi-davlatlar tomonidan CEDAW Qoʻmitasiga taqdim etilgan batafsil hisobotlar ular oʻz majburiyatlarini qay darajada bajarganliklari toʻgʻrisida qiyosiy maʼlumotlar tayyorlashadi. Hisobotlarda hukumatlarning shartnoma masalalari boʻyicha ishi va majburiyatlari mavjud.[2] Hisobotlarda ishtirokchi davlatlar tavsiyalarni hisobga olgan holda Konvensiyaning har bir qoidasini oʻz qoidalari doirasida birma-bir baholaydilar. Ikkinchi va keyingi hisobotlar birinchi hisobotlar baholangandan keyingi erishilgan yutuqlarni oʻz ichiga qamrab oladi.

Tavsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

CEDAW qoʻmitasi ishtirokchi davlatlarga Konvensiyaning ayrim moddalarini tushunishni osonlashtirish va Konventsiya qanday qoʻllanilishini koʻrsatish uchun tavsiyalar berish huquqiga ham ega. 2021-yil holatiga koʻra, Qoʻmita 38 ta turli-xil tavsiyalar berib keldi. Dastlabki oʻn yil ichida qisqa va sodda boʻlgan tavsiyalar qoʻmitaning 1991-yil 10-sessiyasida qabul qilingan qarordan soʻng ancha batafsil va keng qamrovli shaklda tayyorlana boshlandi; ayniq vaqtda Konvensiyaning tavsiyalari ishtirokchi-davlatlar uchun maxsus qoʻllanma boʻlib ham xizmat qila boshladi.

Eng muhim va keng qamrovli tavsiyalardan biri 1991 yil 10-sessiyada qabul qilingan 19-sonli maxsus tavsiyadir. Konventsiyada zoʻravonlik toʻgʻridan-toʻgʻri qayd etilmagan boʻlsa-da, kamsitishning taʼrifi 19-sonli tavsiyada zoʻravonlikni oʻz ichiga olishi uchun kengaytirildi va gender tenglikka qarshi qaratilgan zoʻravonlik konvensiya qoidalarini buzish deb hisoblanishi nazarda tutiladi; Ishtirokchi davlatlar nafaqat hukumat tomonidan yoki uning nomidan amalga oshirilgan zoʻravonlik, balki ayollarning shaxsiy hayotida ular eng koʻp duchor boʻlgan kamsitishning oldini olishga majburdirlar.[2]

Ixtiyoriy protokol qarorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil 22-dekabrda kuchga kirgan Ixtiyoriy Protokolda CEDAW Konvensiyasida ko‘rsatilgan huquqlarni qo‘llash bo‘yicha ishlar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qadamlarni batafsil bayon etib oʻtadi. Ikki xil alohida jarayon mavjud: bulardan birinchisi, CEDAWda huquqlarning buzilishi uchun individual yoki guruhli ariza berish jarayoni; ikkinchisi, ishtirokchi davlatlarga nisbatan tadqiqot, tergov va tavsiyalarni oʻz ichiga olgan Qoʻmitaning koʻrib chiqish jarayoni. 2021-yil holatiga koʻra, Qoʻmita uchta ariza boʻyicha oʻz qaror va fikrlarini eʼlon qilgan edi. Shuningdek, Meksika boʻyicha maxsus ekspertiza ham oʻtkazdi.[2] Ixtiyoriy protokol doirasida qabul qilingan qarorlar quyidagilardan iborat:[2]

  • Huquqlarning buzilishi toʻgʻrisidagi Ixtiyoriy protokol boʻyicha birinchi ariza 2002 yilda Germaniya fuqarosi tomonidan berilgan. Qoʻmita shikoyat borasida 2004-yil oʻz qarorini qabul qiladi va arizachi oʻz mamlakatidagi barcha ichki himoya vositalariga murojaat qilmagan degan xulosaga kelinadi.
  • Ikkinchi ariza Vengriyadagi sobiq eri tomonidan zoʻravonlikka uchragan va uni himoya qilish uchun hech narsa qilinmaganidan shikoyat qilgan ayoldan kelgan edi. Qoʻmita ushbu ariza boʻyicha oʻz qarorini 2005-yil 26-yanvardagi 32-sessiyasida qabul qiladi va Vengriyalik arizachining Konvensiyada nazarda tutilgan huquqlarini buzilganligi, arizachining jismoniy va ruhiy daxlsizligini taʼminlash uchun shoshilinch va samarali choralar koʻrish kerakligi, uning xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qiladi. Ayolning bolalariga aliment toʻlash va unga yetkazilgan jismoniy va ruhiy zararni qoplash uchun huquqiy yordam koʻrsatilishi belgilanadi.
  • Uchinchi arzia boʻyicha 2006-yilgi 34-sessiyasida Turkiyalik Rahime Kayhanning arizasi boʻyicha qoʻmita oʻz qarorini eʼlon qiladi. Ro‘moli tufayli dinshunoslik fanidan dars bergan maktabdan haydalganligi va mehnat sharoiti boʻyicha huquqlari buzilgani haqidagi shikoyatni ko‘rib chiqib, qo‘mita arizachini davlat idoralariga murojaat qilmaganini taʼkidlab, arizani qabul qilib bo‘lmaydi degan qarorga kelishadi.[6]
  • Qoʻmita 2004 yil iyul oyidagi 31-sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq 1993-yildan beri 230 dan ortiq ayolning oʻgʻirlab ketilgan, zoʻrlangan va oʻldirilgan Meksikaning Syudad-Xuarez shahridagi Chihuahua mintaqasida oʻz tekshiruvlarini amalga oshiradi. Tekshiruv natijasiga koʻra davlatning barcha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar nihoyatda noadekvat va samarasiz ekanligi aniqlanib, tavsiyalar beriladi. Meksika hukumati tomonidan yuborilgan rasmiy javobda ayollarning huquqbuzarliklari borligini tan oladi va bu muammoni hal qilish boʻyicha saʼy-harakatlarini tobora koʻproq davom ettirish majburiyatini oʻz boʻyniga olganini taʼkidlab oʻtgan edi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Birleşmiş Milletler Kadınlara Karşı Her Türlü Ayrımcılığın Ortadan Kaldırılmasına Dair Sözleşme (Öngörülen Haklar ve Öngörülen Usuller“. ÜHF Mecmuası, Cilt 62, Sayı 1-2, Yıl 2004. 10 haziran 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4 nisan 2021.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Birleşmiş Milletler kadınlara karşı her türlü ayrımcılığın önlenmesi sözleşmesi ve denetim mekanizması“. Bilgisi: Ankara Üniversitesi / Sosyal Bilimler Enstitüsü yüksek lisans tezi 2006. Qaraldi: 4 nisan 2021.
  3. „COMMITTEE ON THE ELIMINATION OF DISCRIMINATION AGAINST WOMEN“. Ohchr.org sitesi. 3 eylül 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4 nisan 2021.
  4. 4,0 4,1 „40 Yılda CEDAW: Neler öğrendik ve Neler Değişti“. Boell.org 18 Aralık 2019. 10 haziran 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4 nisan 2021.
  5. „STATUS OF RATIFICATION INTERACTIVE DASHBOARD“. Ohchr.org sitesi. 26 temmuz 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4 nisan 2021.
  6. „Türbanı yüzünden atılan öğretmene bir ret de BM’den“. Hurriyet.com 11 Nisan 20906. 10 haziran 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9 nisan 2021.