Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiAyollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA 2022 2023

WikiAyollar loyihasi sahifasiga xush kelibsiz!

Ushbu loyiha oʻzbekcha Vikipediyada ayollar bilan bogʻliq mavzularni, xususan, ayollarning huquqlari, jamiyatdagi oʻrni hamda faoliyatini yoritish maqsadida WikiStipendiya marafoni doirasida yoʻlga qoʻyilgan. Loyihada barcha jins vakillari qayerda yashashlaridan qatʼi nazar ishtirok etishlari mumkin. Loyihada qatnashishni istaysizmi, yoʻqmi, sizga xush kelibsiz, deymiz!

Loyihaning maqsadi — Vikipediyada ayollar haqidagi kontentni koʻpaytirish hamda loyihada ayollar qarashlariga teng salmoq berilishiga hissa qoʻshish. Inglizcha Vikipediyada biografiyalarning atigi 17 foizi ayollar haqidadir. Oʻzbekcha Vikipediyada esa vaziyat bundan-da yomon. Shuningdek, loyiha doirasida sanʼatkor ayollar, ularning asarlari, jumladan, yozgan kitoblar, chizgan rasmlari, ilmiy kashfiyotlari hamda tuzgan tashkilotlari haqida kontent yaratishni koʻzlaydi.

Eng avvalo bu loyiha ayollar haqida yangi maqola yaratishga hamda mavjud maqolalarni yaxshilash uchun yoʻlga qoʻyilgan. Vikipediyada ayollar biografiyalari, ishlari hamda qarashlari teng yoritilishini taʼminlash maqsadida inglizcha Vikipediyada Qizildagi ayollar (inglizcha: Women in Red) loyihasi yaratilgan. Loyiha Vikipediyaga kiritilmagan ayollar haqida maqola yaratishni, yaʼni qizil rangdagi (maqola mavjud boʻlmagani uchun) ichki havolalarni koʻkartirishni koʻzlaydi. Oʻzbekcha Vikipediyada ham Ayollar vikiloyihasi doirasida bu tashabbusning muqobilini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Loyihada qatnashing!

Maqola yaratish

Oʻzbekcha Vikipediyada ham oʻzbekistonlik, ham xorijlik koʻplab ayol haqida, ayollarga taalluqli boshqa koʻplab mavzularda maqola yoʻq yoki mavjud maqolalar oʻta qisqa. Quyidagi roʻyxatda ayrim misollar keltirilgan:

Florence Nightingale medali sovrindorlari
birinchi
Nobel mukofoti sovrindorlari
Madaniyat
Rim papasi
Sotsialistik mehnat qahramonlari
Terminlar
Oʻzbekiston xalq artistlari
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artistlar
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiylari
Oʻzbekiston aktrisalari
Oʻzbekistondagi ayol-hokimlar
Oʻzbekiston qahramonlari
Oʻzbekistonning xorijdagi ayol elchilari

Savol tugʻildimi?

Agar sizda har qanday savol tugʻilsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha munozara sahifasida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.



Loyihada qatnashing!

Statusli maqolalar

Yaratilgan maqolalarni quyidagi Maqola qoʻshish tugmasi yordamida roʻyxatga qoʻshishingiz mumkin.